So’nggi yangiliklar

11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  0 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1 10:23Уч нафар ҳужумчи ёзда “Ливерпул”ни тарк этиши мумкин  8 10:04Суперлига 11-тур расмийлари маълум. Марказий ўйинни Шавкат Насибуллаев бошқаради  2 09:57“Реал Мадрид“нинг Родригонинг ўрнига “Барселона“ анча вақтдан бери қизиқаётган футболчини сотиб олмоқчи  14 09:30“Арсенал“ ва “Челси“ 80 миллион фунтлик футболчи учун курашмоқда  1 09:03Вирцдан воз кечган “Ман Сити“нинг ёзги трансфер мақсади маълум  1 08:36“Реал Мадрид“ етакчиси операция қилинади ва келаси мавсумнинг бошини ўтказиб юборади  7 08:09Гвардиола ғалати сабаб туфайли “Ман Сити“ни тарк этиши мумкинлиги маълум қилди  16 07:45Sofascore. Жамоасининг голларидан бирига муаллифлик қилган Ғаниев неча баҳо олди?  6 07:18Ўзбекистон кубоги. Бугун гуруҳ босқичи якунланади  0 02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  34 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  12 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  12

Trebldan so'ng 60 soat mast Grilish: pivo, aroq, tungi klublar va Ibicadagi ko'ngilxushlik (mutolaa uchun) Yangiliklar

Trebldan so'ng 60 soat mast Grilish: pivo, aroq, tungi klublar va Ibicadagi ko'ngilxushlik (mutolaa uchun)

O'zini kurka, Bernarduni esa uysiz deb atadi.

Jek Grilish "Manchester Siti"ning chempionlik ko'ngilxushligini yondirdi – u deyarli tanaffussiz 60 soat davomida "bazmu-jamshid" qildi.

Osonlik bilan trebldan so'ng Grilishning alkotripini tuzish mumkin.


CHL finalidan keyingi kecha: Grilish kiyim almashtirish xonasida pivo ichdi va tungi klubda "F-1" yulduzi bilan uchrashdi

Jek final hushtagidan so'ng biroz tetikroq edi, ammo baribir qiyinchilik bilan gapirdi – yig'ladi va BT Sport'ga qisqa intervyu bera olmadi.



Jek so'ngra kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi –  u jamoa bilan ko'z yoshlarini yo'qotdi va o'zini ozodlikka chiqardi. Va cheksiz o'yin-kulgi boshlandi!

Grilish "Siti"ning Evropadagi muvaffaqiyatini bildiruvchi yangi so'zlarni qo'shgan holda Fleetwood Mac'dan Everywhere xitining ijrosiga qo'shildi.

SHuningdek, o'yinchilar Gala guruhining Freed From qo'shig'i ostida zavqlanishdi – qo'shiq g'alaba goli muallifi Rodri sharafiga qayta ishlangan. Grilish ispan tomonga baqirishni targ'ib qilgan holda qo'shiq kuyladi: "Rodri yonmoqda, sizning mudofaangiz dahshatda".




Bu esa qorni bilan kiyim almashtirish xonasida sirg'angan "Siti"ning taniqli ekipirovkachisi Brendon Eshton. Grilish u bilan bir idish pivo ichdi.



Nishonlash chuqur kechgacha cho'zildi, sababi Grilish "Siti"ning boshqa futbolchilari bilan klubga yo'l oldi – u erda esa "Formula-1" yulduzi Jorj Rassell bilan raqsga tushishdi.



Bu erda ham yangi pivo porciyalarisiz qiyin masala – endi zaxira darvozaboni SHtefan Ortega bilan birga.



Yakshanba kuni ertalab: Grilish trebl haqida kuyladi va Manchesterga qaytdi

Bayram tong otgunga qadar davom etdi – ertalab 5da o'yinchilar hali ham Istanbul ko'chalarida qo'shiq kuylashayotgan edi. Barcha kiyimini almashtirish uchun vaqt topgan, ammo Grilish emas. U to'liq kiyimlar to'plamida sheriklarining qo'llab-quvvatlashi bilan mikrofonda Have you ever won a treble ("Qachondir treblni yutganmisiz") qo'shig'ini kuyladi.


→ https://vk.com/video-214841716_456241178


Xoland unga Grilish yoqishini tan oldi.



"Siti" ertalab 7da Angliyaga uchib ketdi, ko'ngilxushlikni biroz vaqtga to'xtatishga to'g'ri keldi.


Yakshanba kuni kechqurun. Grilish Xoland bilan Ibicaga uchib ketdi

Manchesterga qaytishdan so'ng klub kechki ovqat uchun Tattu xitoycha restoranini ijaraga oldi. Ammo, kechki ovqatga faqatgina uch futbolchi keldi: Kevin de Bryuyne, Ilkay Gyundogan va SHtefan Ortega. Boshqalar ko'ngilxushlik qilishni xohlashdi, shu sabab Ibicaga uchib ketishni afzal ko'rishdi.

"Siti" o'yinchilar guruhi, jumladan Grilish va Xoland xususiy samolyotni ijaraga olishdi va ispan orollariga yo'l olishdi. Futbolchilar mashhur Ushuaia Ibiza Beach mehmonxonasining butun boshli qavatini band qilishdi, hayotdagi barcha quvonchga ega bo'lish uchun faqatgina bitta kecha bor edi, sababi dushanba kuni kechqurun chempionlik paradi rejalashtirilgandi.

Grilish, Uoker va Stounz hozirda "Yunayted" himoyachisi Lisandro Martines dam olayotgan mehmonxonaga joylashishdi. SHovqinli qo'shnilar birdan tungi klubga yo'l olishdi va u erda ertalab 6:30gacha bo'lishdi. Grilishda spirtli ichimliklar bilan yana bitta yorqin kecha bo'ldi.



Kecha natijasi "Siti" futbolchilarining mehmonxonadan chiqishlaridan malum bo'ldi. Uoker mast Grilishni ushlab olgandi, shundan so'ng ular aeroportga yo'l olishdi va u erda Jekga nogironlar aravachasini taklif qilishdi. Ammo, ingliz bor kuchini yig'di va o'zi mustaqil tarzda yura oldi.



Dushanba kuni kechqurungi chempionlik paradi: Grilish o'zini kurka, Bernarduni esa uysiz deb atadi

Grilishda uxlab olish uchun deyarli vaqt bo'lmadi, alkotrip Manchesterga qaytganda ertalab 10da davom etdi. Kechqurun chempionlik paradi bo'ldi.



Va birdan yana spirtli ichimliklar boshlandi. "Umuman uxlaganimga ishonchim komil emas", – deya tan oldi Grilish.


→ https://vk.com/video-214841716_456241206


Xoland biroz Jekning soch turmagini buzib qo'ydi.



Grilish hissiyotlar bilan sovrinlarga qarata baqirdi.



Ingliz tramvayda sheriklarining qiziqarli nigohlarini o'ziga qaratdi.




Bazida spirtli ichimliklar bilan havoga murojaat qildi.



Jek deyarli hammasini ichdi – va vaqti bilan faqatgina gradusni oshirdi!




Jek avvaliga Bernardu Silvadan samimiylik bilan qolishni so'radi, so'ngra unga biroz shaxsiy maqtov va qo'shiqni taqdim etdi: "To'g'risi, bu jamoada men shunchaki hayratga tushadigan bir inson bor. U huddi uysizdek ko'rinadi, uning ismi Bernardu Silva. Menga u uchun bitta qo'shiq kuylashga izn bering".


→ https://vk.com/video-214841716_456241198


Jamoa tadbirning final nuqtasiga kelganda, vaziyat nazoratdan chiqishni boshladi. Grilish qaerdandir yo'l jiletini topdi, mikrofonni qo'liga oldi va aynan dilidagilarni aytdi: "Men kurkaman. Va kurkani boqish kerak".


→ https://vk.com/video-214841716_456241208


Jek shuningdek tarixga kiradigan surat sovg'a qildi. "Buni Luvrga iling", – deya tvit qildi Grilish 14:21da Manchesterda. Endi uyqudan turganga o'xshaydi.



Dushanba kuni kechqurun – seshanba kuni ertalab: Grilish Manchesterdagi tungi klubga ham keldi

Bu bilan Grilish (yoki kurka?) tinchigani yo'q – u paraddan so'ng quvvatga to'ldi va Manchesterdagi Depot Mayfield klubiga bordi.



Jek Dolce & Gabbana'ning qora pijamasida ko'rinish berdi, Xoland tilla rangda edi va hatto CHempionlar ligasi medalini taqib oldi.



Aqlbovarqilmas alkotripning natijasi – Grilishning Angliyadagi terma jamoasidagi qiyshaygan yuzi.



Xo'sh, yana qachon bunday bayram qilish mumki? Faqatgina uzoq kutilgan trebldan so'ng.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика