So’nggi yangiliklar

07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  0 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  2 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  0 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  26 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  3 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  6 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди  84 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  12 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  25

Transferlar oynasi ochildi: Super transferlarni ko'ramizmi? Yangiliklar

Transferlar oynasi ochildi: Super transferlarni ko'ramizmi?

SHunday qilib 4 iyuldan O'zbekiston futbolida transferlar oynasi ochildi.

30 iyul, shanba kunigacha ochiq bo'ladigan "oyna"dan bir nechta futbolchining "kirishi" kutilmoqda. Malum bo'lishicha, 4-30 iyul oralig'idagi transfer oynasi faqat Superliga klublari uchun emas, balki Proliga va Birinchi liga, shuningdek futzal va ayollar jamoalari uchun ham amalda bo'ladi. Bu juda yaxshi va to'g'ri o'ylangan qadam. Hammaga bir xil imkoniyat berilyapti. 

Yana bir yaxshi tomoni - klublar yozgi transfer paytida 5 nafardan ortiq bo'lmagan futbolchini o'z saflariga qo'shib olishlari mumkin. Bu ham oqilona yurish. CHunki klublarni etti o'lchab bir kesishga undaydi. Eshitishimcha, bir jamoa birinchi davrada o'ynagan 7-8 nafar futbolchisidan voz kechmoqchi ekan. CHunki murabbiy ularning o'yinidan qoniqmapti. Lekin qarasa, nechta futbolchini ketkazsayam 5 nafardan ortiq o'yinchi olmaskan. Murabbiyning Reglamentning bu bandidan xabari yo'q ekan. SHu bois hozir nima qilishni bilmay o'ylanib yurganmish. Ana shunaqa. (U o'ylaganki, o'nta futbolchini ketkazib, o'rniga o'nta olaman).

Muxlislar xoh qishda, xoh yozda bo'lsin, transfer oynasi ochilishini intiqlik bilan kutadi. CHunki bu ham futbolning bir qismi. Kim keldi, kim ketdi har doim qiziq bo'lgan. Masalan, o'zim ham transfer oynasidagi o'tishlarni kuzatib boraman, faqat etiborni ko'proq o'zimizning mahalliy o'yinchilarga qarataman. Legionerlar bilan ishim yo'q. CHunki oxirgi 2-3 yilda hech bir legioner o'z o'yini bilan hayron qoldirgani yo'q. Balki Sizni hamdir. 

Legionerlarning qanday kelib qolishi, ularni kim taklif etishi va qaysi ko'rsatkichlari evaziga Superliga klublaridan qo'nim topishi alohida masala. Kelyapti, o'ynayapti, ketyapti. Bizga ko'proq o'zimiznikilarning taqdiri qiziq.

Qaniydi bizda ham klublar Evropadagi kabi faol bo'lib, bir-biridan o'yinchi sotib olsa. Ikki tomonlama o'zaro kelishuvga asosan futbolchi jamoasi bilan xayrlashdi va boshqa jamoaga o'tdi degan xabar emas, balki falonchi klub pistonchi jamoadan falon futbolchini falon pulga xarid qildi kabi yangiliklar bo'larmikan deb intiqlik bilan kutaman.

Erkin agent bo'lib o'tish boshqa, pulga xarid qilish boshqa. Zero klublar xususiy bo'lishining birlamchi yo'li bu - transfer oynasida faol bo'lish, pul sarflash va pul ishlash. Axir 2030 yilgacha hamma klublarni xususiy qilamiz deb vada berib qo'yganmiz.

O'tgan yil "Tezkor studiya"ga chiqqanimda ham shu mavzuni ko'targandim. O'shanda chempionlikka talashadigan klublar "Nasaf"dan olsin Husayn Norchaevni 10 milliardga degandim. CHunki transfer oynasi ochilganidan keyin shov-shuvli voqea bo'lishi kerak-da. To'g'ri, Norchaev "Nasaf"ning o'ziga kerak, lekin bu bir misol tariqasida aytilgan gap edi. Yani, aytmoqchi bo'lganim: klublarning o'zaro oldi-berdi qilishini kuzatish edi.

Yo'q, biz yaxshisi futbolchining shartnomasi tugab erkin agent bo'lishini kutamiz. CHunki bitta futbolchi uchun sarflanadigan pul foyda bermay qolishi mumkin. Bu borada juda ehtiyotkormiz, tavakkal qilmaymiz, pulni avaylaymiz, transferga qo'l urmaymiz, agar o'sha futbolchi o'ziga sarflangan pulni oqlamasa-chi degan hadik bo'ladi. 

Bu tomonlama klublarni ayblash fikridan yiroqmiz. Negaki smeta tasdiqlangan, smetada ehtimoliy transferlar ko'zda tutilmagan bo'lishi mumkin. Hozir bilib-bilmay pul ishlatib qo'ysak, chempionatning ikkinchi yarmini qanday o'tkazamiz?

Futbolda etti o'lchab bir kesgan yaxshi, lekin toki haqiqiy bozor ishga tushmas ekan, klublarimiz rivojlanadi deb o'ylamayman. Har qaysi mamlakatda futbol rivojlanishi uchun bozor ham zo'r bo'lishi kerak. Klublarda pul bo'lishi kerak. Klublar qo'rqmay xarajat qiladigan darajaga chiqsagina, biz ana undan keyin OCHLni, kerak bo'lsa Jahon chempionatini orzu qilsak bo'ladi. Ungacha esa futbolchilarning erkin agentga aylanishini kutib o'tirishdan o'zga choramiz yo'q. 

X.Xoliqov. 

P.S. Bularning hammasi muallif fikri. Muallif fikri tahririyat, klublar yoki muxlislar fikriga mos tushmasligi mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика