Transferlar oynasi – “Navbahor”
07 iyu 2018 11:57
Yangiliklar
Transferlar oynasi – “Navbahor”
Xabaringiz bor, 18 iyundan boshlab O'zbekiston chempionatida transferlar oynasi rasman ochilgan bo'lib, ayni paytda klublar yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazish jarayonini davom ettirishmoqda.
Namanganning “Navbahor” klubi bugun PFLda tarkibga yangi qo'shilgan futbolchilarini ro'yxatdan o'tkazdi. Bular – Darko Nikach, Igor Golban, SHerzod Karimov, Dilshod Hamroev, Sarvar Soliev hamda Muzaffar Abdullaev.
Qolaversa namanganliklar safini 4 nafar o'yinchi tark etdi. Bular – Nenad Inyac, Zoxir Pirimov, Behruz Sodilloev va Oybek Mirzohidov.
KELGANLAR:
Darko Nikach
Igor Golban
SHerzod Karimov
Dilshod Hamroev
Sarvar Soliev
Muzaffar Abdullaev
KETGANLAR:
Nenad Inyac
Zoxir Pirimov
Behruz Sodilloev
Oybek Mirzohidov
* "Navbahor"ga jamoani tark etgan futbolchilar oldida hech qanday qarzdorligi yo'q bo'lgani sababdan yangi futbolchilarni ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat berildi.
Fikrlar