So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  3 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:40Суперлига. "Нефтчи" – "Машъал" 1:0 (матнли трансляция)  13 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  5 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  2 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  10 15:09"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани бекор қилишга келишиб олди  0 14:4143 ёшигача тўп тепган, Ўзбекистоннинг икки карра энг яхши футболчиси Павел Бугало 51 ёшда  4

Toxir Kapadze: “Barcha transferlar yaxshilab o'ylab qilindi” Yangiliklar

Toxir Kapadze: “Barcha transferlar yaxshilab o'ylab qilindi”

Bugun Farg'onada “Neftchi” klubi ikkinchi davradan oldin jamoaga kelib qo'shilgan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimini o'tkazdi.
Dastlab so'zga klub raisi Toxir Kapadze chiqdi: - Avvalambor barchalaringiz xush kelibsizlar! Sizlarni ko'rib turganimizdan judayam xursandmiz. Xudoga shukurki, bizni qo'llab-quvvatlaydigan sizdek jurnalistlarimiz va muxlislarimiz bor. Bizning oldimizga katta maqsadlar qo'yilgan. Katta umidlar bilan yangi o'yinchilar taklif etib tarkibni kuchaytirishga harakat qildik.



Ishqibozlarimizga shuni aytishim kerakki, bizning jamoamizda Farg'ona nonini eganlar, jamoamiz uchun jonini beradiganlar o'ynashga xaqli. Bizga ham legionerlar ham kerak. Lekin biz olib keladigan legioner barcha o'yinchilardan bir bosh ustun bo'lishlari talab etiladi. Bizni o'yinchilarimiz ham shu legioner o'yinchilarni o'yinini ko'rib, oldinga intilishlari kerak. Bugungi kunda bunday kuchli legioner o'yinchi olib kelish uchun bizning moliyaviy imkoniyatlarimiz yo'l qo'ymaydi. SHuning uchun asosiy harakatni o'zimizda to'p surgan o'yinchilarga va kelajagi porloq yoshlarni jalb etishga qaratdik. Men bugun ishonch bilan aytishim mumkinki, ishqibozlarimiz oldida yuzimiz yorug'. Bergan vadalarimizni ustidan chiqyapmiz. Mana 6ta transfer qilgan bo'lsak, ularni hammasi yaxshilab o'ylab qilinan transferlar hisoblanadi. Bu o'yinchilarni taklif etishda nafaqat maydondagi harakatlariga etibor berdik, balki maydondan tashqaridagi insoniylik xislatlarini ham inobatga oldik. Men o'ylaymanki, biz olib borgan transfer siyosatimizdan siz muxlislarimiz ham, murabbiylarimiz ham xursand bo'lishadi. Jamoamizni oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishimizda bu yigitlarni yordami bizga qo'l kelishi mumkin.



SHundan so'ng faxriy futbolchi Akmal Xolmatov o'z fikrlarini bildirdi: Malum muddatli tanaffusdan so'ng yana qadrdon jamoamga qaytdim. Avvalgi 11 yillik faoliyatim davomida bu jamoa va uning muxlislari mening oilam bo'lib qolgan edi. Xozir "Neftchi" jamoasi o'ziga yarashmaydigan o'rinda turibdi. Men jamoamiz o'yinchilari nomidan shuni ayta olamanki, biz qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Jamoani oldingi saviyasiga qaytishi uchun borimizni beramiz. Faqat siz muxlislardan shuni so'rardimki, bizni maydonga kelib qo'llab-quvvatlashda davom etinglar. Biz sizlarni ishonchlaringni oqlashga harakat qilamiz.

Tadbir so'nggida muxlislar va jurnalistlar futbolchilardan hamda murabbiylardan o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishga muvaffaq bo'ldilar.


Komiljon Ikromov yozib oldi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика