"Tottenxem"ga Meddisonning harakatlari yoqadi
11 fev 2023 20:40
Yangiliklar
"Tottenxem"ga Meddisonning harakatlari yoqadi
Jamoada ayni paytda vaqtinchalik bosh murabbiy vazifasini bajarib turgan mutaxassis klub "Lester" yarim himoyachisi Jeyms Meddisonning o'yinlarini yoqtirishini tan oldi.
Meddisonning mavsum avvalidagi harakatlari uning Qatardagi Jahon chempionati uchun Angliya terma jamoasidan joy olishini taminladi. Biroq 26 yoshli futbolchi jismoniy muammolari tufayli turnirda maydonga tusha olmadi.
Hujumkor yarim himoyachi o'tgan yozda transferlar oynasida "Nyukasl Yunayted"ning jiddiy qiziqishiga uchragan edi, biroq "hakkalar" kelishuv narxi borasida bir to'xtamga kela olmadilar.
Endi "shporlar" kelayotgan yozda "Nyukasl" bilan o'yinchining imzosi uchun kurashishi mumkin.
Meddisonga "Manchester Siti" tomonidan ham qiziqishlar bo'lgani aytilmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar