"Tottenxem" Verner bo'yicha qaror qabul qildi
03 mar 00:51
Yangiliklar


"Tottenxem" Verner bo'yicha qaror qabul qildi
"Tottenxem" yozda Timo Vernerni 8,5 million funtga sotib olish huquqidan voz kechmoqchi.
"Shporlar» safiga ilk bor 2024 yilning yanvarida "RB Leypcig"dan olti oylik ijara asosida kelib qo'shilgan va keyinchalik kelishuv yana bir mavsumga uzaytirilgan germaniyalik hujumchi joriy mavsumda 27 ta o'yinda maydonga tushib, atigi 1 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. "Tottenxem" rahbariyati mavsum oxirida tarkibni hujumchilar bilan kuchaytirishni rejalashtirmoqda va Verner ularning uzoq muddatli rejalariga kirmaydi.
Vernerga yaqin manbalar uning yozda "Leypcig"ga qaytishini, keyin esa boshqa variantlarni ko'rib chiqishini kutmoqda.
Germaniyalik futbolchiga MLSning "Nyu-York Red Bullz" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali futbolchini 15 mln evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar
20:59
APL. "Chelsi" minimal hisobda "Lester"ni taslim etdi, "Tottenxem" esa mag'lubiyatdan qutulib qoldi 3

Fikrlar