"Tottenxem" futbolchilari Kontening ketishini kutmoqda
19 mar 2023 12:32
Yangiliklar
"Tottenxem" futbolchilari Kontening ketishini kutmoqda
18 mart kuni "shporlar" "Sautgempton"ga qarshi uchrashuvda 3:1 hisobida oldinda borib, 3-qo'shib berilgan daqiqada g'alabani boy berdi. Bundan keyin intervyuda "Tottenxem" ustozi futbolchilarni tanqid qilib, ularni xudbin deb atadi.
"Sky Sports"ning yozishicha, "Tottenxem"ning ko'plab futbolchilari yangi mavsumda yangi murabbiy qo'l ostida ishlashga tayyorlanyapti. Ularning fikricha, Kontening klubdan ketishi – vaqt hukmidagi masala.
Futbolchilar omadsizlik va natija uchun javob berishga tayyorlar, ammo Konte o'yinchilarni xudbin deb, chegaradan chiqdi deb hisoblashmoqda.
Terma jamoalar o'yini tufayli yuzaga kelgan tanaffusda "Tottenxem" rahbari Deniel Levi hissiyotlarga berilib, keskin fikrlar bildirgani uchnu Kontega nisbatan sankciya qo'llash yoki qo'llamaslik bo'yicha qaror chiqaradi.
Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" APLda 28 o'yinda 49 ochko to'plab, 4-o'rinni egallab turibdi. "Nyukasl"da ikkita o'yin kam va 47 ball mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar