So’nggi yangiliklar

11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  0 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  4 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  0 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  1 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  2 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  0 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  14 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  3 08:07Сервер Жепаров: "Пахтакор"га "Нефтчи"нинг зич ҳимоясини ёриб ўтиш осон бўлмайди"  13 07:50Суперлига. ОКМК "Сўғдиёна"га йирик ҳисобда ютқазди. "Навбаҳор" ва "Сурхон" баҳсида эса ҳисоб очилмади  4 07:44"Нефтчи" бу йил меҳмонда ютқазмаяпти, олдинда "Пахтакор" имтиҳони кутмоқда  13 07:20Факт. "Сўғдиёна" 6 йилдан сўнг Жиззахда ОКМКни ютди  0

Toshkentga UEFA delegaciyasi tashrif buyuradi Yangiliklar

Toshkentga UEFA delegaciyasi tashrif buyuradi

Teglar :  UEFA AssistO'FA
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbol ommaviyligini oshirish, mavjud infratuzilmani yaxshilash, mamlakatimizda “millionlar o'yini” yanada ravnaq topishiga qaratilgan tizimli loyiha va tashabbuslarni amalga oshirib kelmoqda.

Endilikda Evropa futbol associaciyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.

Xususan, 9-13 mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi yurtimizda bo'ladi va O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O'FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganiladi hamda yakunda associaciya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko'tarishga yo'naltiriluvchi qo'shma loyihalar, mutaxasislarning Evropaning etakchi associaciyalarida malaka oshirishi, qolaversa O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Evropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash kabi masalalar muhokama qilinadi.

13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика