Toshkentda futzal bo'yicha “Federaciya Kubogi” turniri bo'lib o'tadi
02 noy 2017 11:12
Yangiliklar
Toshkentda futzal bo'yicha “Federaciya Kubogi” turniri bo'lib o'tadi
SHu yilning 20–26 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O'zbekiston” sport majmuasida futzal bo'yicha “Federaciya Kubogi” turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada futzal bo'yicha Oliy Liga jamoalari, shuningdek, Respublikadagi barcha havaskor klublar ishtirok etishi mumkin. “Federaciya Kubogi”da ishtirok etmoqchi bo'lgan jamoalar 10 noyabrga qadar qaydnomalarni topshirishi kerak bo'ladi.
20 noyabr kuni esa musobaqa uchun qaydnoma topshirgan jamoalar o'rtasida qura tashlash marosimi bo'lib o'tadi. Marosim soat 15:00 da O'FF majlislari zalida o'tkaziladi.
“Federaciya Kubogi”da ishtirok etishni istagan jamoalar batafsil malumot uchun quyidagi telefon raqamlariga qo'ng'iroq qilishlari mumkin:
Tel.: +99893 1814111, +99890 3177444, +99871 2309058
Fikrlar