So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  0 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  6 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Toshkent va Qarshi. O'yinlar kelishilganmidi? Yangiliklar

Toshkent va Qarshi. O'yinlar kelishilganmidi?

Kelishilgan o'yinlar mavzusi paradoksga o'xshaydi: borligini birov inkor qilmaydi, lekin hech kim ko'rmagan.

2018 yilgi kubok finali to'g'risida material elon qilingach, ko'plar bu mavzu nega 4 yildan keyin eslangani bilan qiziqdi. Gap bunday: teshik og'iz gapirar ekan, shunday quloqlar eshitaveradi. Futbol jamoatchiligida bunday voqealar to'g'risidagi mish-mishlar har doim aylanib yurgan. Faqat ularni ommaga etkazishingiz uchun aniq fakt va isbotingiz bo'lishi kerak. 

To'g'risi, istalgan odam bu mavzuda og'iz ochishgayam qo'rqadi. Biz esa o'sha voqealarni o'z ko'zi bilan ko'rgan guvohdan malumot olishni uddaladik. 

U oddiy inson emas. 23 yildan beri yuqori saviyada to'p tepib kelayotgan, 39 yoshida ham to'xtash haqida o'ylamayotgan, O'zbekiston chempionatlari tarixida eng ko'p uchrashuv o'tkazgan futbolchilardan biri, tirik afsona — Jasur Hasanov. (Bugun intervyu efirga uzatiladi)

Jizzaxlik yarim himoyachi "Istiqlol" stadionida o'tgan bahsni shunday eslaydi: "O'yindan oldin bizning yutqazishimizni istashdi. Kamol (Murzoev), Lutfulla (To'raev), men va boshqalar bunga rozi bo'lmadik. Jamoani ruhlantirib, jangovar kayfiyatda maydonga chiqdik. O'yinni nega berib yuborishimiz kerak edi? Hatto, tanaffusda qo'ng'iroq ham bo'ldi. Lekin oxirigacha kurashib, yutdik".

Bu hammasi emas. Hasanovning Olmaliqdan ketishi nisbatan qiziqroq bo'lgan. U transfer oynasi ochilmay turib, AGMK lagerini tark etgandi. 2019 yilda bergan intervyusida bu voqeani quyidagicha izohlaydi:

"Olmaliqdan bekordan-bekorga ketganim yo'q. Arqonni uzun tashlab qo'yganman, vaqt o'tsin. Lekin bir narsani aniq aytishim mumkinki, AGMKdan yuzim yorug', "tilim uzun" bo'lib ketdim"...

Jasur akadan bu masalaga ham oydinlik kiritishini so'rab, dangal javob oldik: "Men faqat g'alaba uchun maydonga chiqishni xohlayman. Boshqacha bo'lishini sezsam, o'ynamayman. Meni hech kim zaxiraga qoldirmagandi. Murabbiyga o'ynamayman dedim. Rahbariyatga kirib, menga pul kerakmasligini, faqat hujjatlarimni berishsa, ketishimni aytdim. Yakunda shunday bo'ldi". 

Buni qarangki, Hasanovning "konchilar" tarkibidan ketishiga sabab bo'lgan o'yinda raqib yana "Paxtakor" edi. O'sha kuni jizzaxlik futbolchi o'ynashdan bosh tortgan, jamoaning asosiy posboni Suhrob Sultonov zaxirada qolgan va Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK Toshkentdagi bahsni yirik hisobda yutqazgan.

O'sha mag'lubiyatdan keyin Mirjalol Qosimov rahbariyatdan istefo so'ragan edi. Demak, Qo'shoqovich ham xuddi Hasanov singari ketishni istagan...

Endi esa yana ham orqaroqqa, poytaxtdan biroz uzoqroqqa boramiz. Hasanovning "Nasaf"dagi oxirgi o'yini ham aynan "Paxtakor"ga qarshi bo'lgan. U "sherlar"ning shubhali kambekidan keyin "ajdarlar" libosini boshqa kiymadi.

2018 yilda SHahboz Beg'amov vaziyatni shunday izohlagan ekan.

Jasurning nega Qarshida qolishni istamagani sizga ham qiziqmi? Unda quyidagi videolavni tomosha qiling.


"Paxtakor"ning 2-golida "Nasaf" markaziy himoyachilarining harakati shubhali emasmi? Narzullaevning o'yin oxirida jarima maydoni ichidagi Jaloliddin Masharipovga nisbatan ishlatilgan folichi? Xulosa o'zingizdan.

mutolaa uchun: "Aka, xudo bor". AGMK finalni "Paxtakor"ga "sovg'a qilishi" kerakmidi?

Muallif :
Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика