So’nggi yangiliklar

18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  0 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  1 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  3 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  2 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  1 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2 13:24ФОТОГАЛЕРЕЯ. Ўзбекистон U-23 – Саудия Арабистони U-23 3:1  0

Toni Kross va Realda o'ynagan boshqa nemislar Yangiliklar

Toni Kross va Realda o'ynagan boshqa nemislar

Kroos Qirollik klubi bilan yangi shartnoma imzoladi va bu bilan eng yuqori maosh to'lanadigan nemis futbolchisiga aylandi.

SHu bilan birga, u o'z faoliyatini Madridda tamomlashga tayyor ekanligini bildirdi. Biz esa Real tarixida munosib iz qoldirgan Tonining vatandoshlari haqida to'xtalishga qaror qildik.

 Kristof Metcelder (2007-2010): 31 bahs

Toni Kroosning Realdagi o'rniga baho berish uchun etiborni nemis futbolchilarining Santyago Bernabeuda qay tariqa paydo bo'lishganiga emas, ularning klubda tutgan mavqeiga qaratsak to'g'ri bo'lsa kerak. Bunda asos bo'lib esa - ularning klub safida necha bor maydonga tushganlari xizmat qiladi. Bu borada Madriddagi eng omadsiz nemis - Metcelderdir. Kristof Qirollik klubidan o'rin egallaganida shuningdek, Germaniya termasining ham asosiy futbolchilaridan hisoblanardi, ammo jarohatlar va buning oqibatida kelib chiqqan talabga javob bermaydigan jismoniy holat unga klub sharafini boricha himoya qilish imkonini bermadi, natijada, u raqobatbardosh bo'laolmadi. SHunga qaramay, Toni Kroos bir marta bo'lsa-da Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.

 Bernd SHuster (1988-1990): 88 bahs, 16ta gol

Qiziq holat: SHuster Realda bo'lgan uch mavsumning barchasida (2 marta o'yinchi va yana bir bor murabbiy sifatida) madridliklar primeraning oltiniga egalik qilishdi.  1988 yilda Bernd Realga Barselonadan o'tdi, ammo shunga qaramay, qisqa fursatda muxlislarning yoqimtoyiga aylandi. Keyin esa Realning asosiy raqiblaridan hisoblangan Atletiko tarkibida to'p surishga qaror qildi. Juda g'alati shaxs, bu SHuster deganlari. SHu o'rinda, u Qirollik klubidagi murabbiylik o'rnidan qanday mosuvo bo'lganini eslash joizday: nemis o'zi etakchilik qilayotgan jamoaning Barselonaga qarshi o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun umuman imkon yo'qligini aytganidan so'ng ishdan olib tashlangandi.

Paul Braytner (1974-1977): 100 bahs, 10ta gol

Qizil Paul Realga 1974 yildagi jahon chempioni maqomida o'tdi va madridliklarga 2 bor La-ligasida g'oliblik va Qirol kubogini qo'lga kiritishda yordam berdi. Braytner - o'z davrining murakkab futbolchilaridan biri hisoblanadi, nafaqat futbol maydonida, balki undan tashqarida ham. Realga Braytner to'g'ridan-to'g'ri Bavariyadan o'tgan, bunga uning hamma narsaga o'ta salbiy munosabatda bo'lishi sabab bo'lgandi. Aytgancha, u 4 yillik sargardonlikdan so'ng yana Myunxenga qaytdi.

Gyunter Netcer (1973-1976): 100 bahs, 13ta gol

O'z tarkibiga Yoxan Kroyfni qo'shib olgan Barselonaga nisbatan munosib javob tariqasida Qirollik klubiga jalb qilingan ilk nemis futbolchisi. Netcerning Madriddagi yurishi o'ta omadsiz boshlandi: ilk bahs-dayoq penaltidan foydalana olmadi va umuman, o'sha mavsum nafaqat mazkur futbolchi, balki klub uchun ham o'ta omadsiz kechdi - Real 8-pog'onadan joy oldi. Ammo keyingi mavsumda Gyunter ochilib ketdi va Realning ketma-ket 2 bor chempionlikni qo'lga kiritishi poytaxt ko'chalariga bayram ruhini qaytardi. Hayratlanarlisi, Real tarkibidagi ilk 2 nemis futbolchisi - Netcer va Braytner klub tarkibida 100 uchrashuvda maydonga tushganlaridan keyin jamoadagi faoliyatlarini to'xtatishganidir. Hamma ulardan kutgan, ammo erishilmagan yagona narsa - Evrokuboklardagi muvaffaqiyat esa ularga armon bo'lib qoldi.

 Toni Kroos (2014 - ???): 108 bahs, 4ta gol

Kroos ham bundan 40 yillarcha avval bo'lganiday, Realga xuddi Netcer kabi jahon chempioni maqomida qo'shilgandi. Ammo hozirda Toni Real tarkibida to'p kiritish borasida nemis futbolchilari orasida 5-o'rinda. SHunday ekan, unga salomatlik pand bermasa va  boshqa muammolar yuzaga chiqmasa, 2-o'rindan joy egallash uchun yana kamida 1 yil kerak bo'ladi. Hozircha u buning uddasidan juda ham muvaffaqiyatli chiqmayati va buni ham tushunish mumkinday: 2022 yilgacha shartnomaga ega bo'lgan baxtli yigit o'z darvozasiga juda yaqin to'p suryapti - tayanch yarim himoyachi o'rnida. Ammo shu paytgacha faqat Kroos, Xedira va Illgner kabi nemis futbolchilarigagina Real tarkibida CHempionlar Kubogida g'oliblik baxti nasib qilganini ham unutmaslik lozim.
 

Bodo Illgner (1996-2001): 119 bahs


Mazkur ro'yxatda o'rin olgan jentlmenlar orasidagi yagona darvozabon. SHu bilan birga, Illgner quyidagi ulkan muvaffaqiyatlari bilan xotirada qolgan: Septimdagi muhorabada 1-raqam egasi bo'lgan (Real tarixidagi 7-Evropa CHempionlari Kubogida); 1998 yili Yuventusga qarshi final uchrashuvida darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Darvoqe, har doim ham Qirollik klubi darvozasini qo'riqlagan nemis posbonlari bu darajada baxtli bo'lishmagan.

 Mesut Ozil (2010-2013): 159 bahs, 27ta gol

Ozil Realdagi faoliyati davomida CHempionlar Ligasida muvaffaqiyatga erishmagan bo'lsa-da, klubdagi o'yinlarini fantastika, deb aytsak, aslo mubolag'a bo'lmasa kerak. Mesut kimsan Kakani pleymekerlik poziciyasidan siqib chiqardi, har mavsumda o'rtacha 20 martadan  o'ng va so'lga birday samarali to'p oshirishlarni amalga oshirdi.


Sami Xedira (2010-2015): 161 bahs, 9 ta gol

Real tarkibida 7ta sovrin egasi bo'ldi. Mourino davrida asosiy tarkibdan mustahkam o'rin oldi, biroq Anchelotti boshqaruvni qo'lga olgach, boshlang'ich tarkibdan tushib qoldi. Bunga qo'shimcha ravishda, olgan og'ir jarohati keyingi faoliyatiga salbiy tasir qildi. SHunga qaramay, 2013-2014 yillar mavsumida 18 uchrashuvda maydonga tushdi, CHempionlar Ligasi finalida Xabi Alonso diskvalifikaciya tufayli o'yinda qatnasholmasligi malum bo'lganidan so'ng, mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlab, 1 soatcha to'p surdi. Keyingi mavsumda esa maydonda yanada kamroq ko'rina boshladi va 2015 yil yozida erkin agent sifatida Yuventus safiga borib qo'shildi.

 Ulrix (Uli) SHtilike (1977-1985):

308 bahs, 50ta gol


SHtilike - blankos hanuzgacha afsona sifatida qabul qiladigan futbolchilar orasida yagona nemis o'yinchisidir. Har qalay, klub tarkibida o'tgan 8 yildan ortiq vaqt, 300dan ko'proq uchrashuvlarda maydonga tushish va 7ta sovringa egalik qilish - hazil gap emas. Qisqa qilib aytganda, Uli Kroos uchun hozircha yagona namuna bo'lib xizmat qiladi, zero u ham Real tarkibida 8 yil maydonga tushish imkonini qo'lga kiritdi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика