Toni Kroos: "Real"ga o'tayotganimda ECHLni yutishga umid qilgandim. Katta muvaffaqiyatlarni kutgandim, lekin bu darajada emas"
09 iyu 2023 19:57
Yangiliklar
Toni Kroos: "Real"ga o'tayotganimda ECHLni yutishga umid qilgandim. Katta muvaffaqiyatlarni kutgandim, lekin bu darajada emas"
Futbolchi Madrid klubida o'ylaganidan ham ko'prog'ini qo'lga kiritganini aytdi.
"Real Madrid" klubi futbolchisi Toni Kroos klubga kelayotgandagi maqsadlari haqida gapirdi.
"Real"ga o'tayotganimda sovrinlar va ECHLni yutishga umid qilgandim. Katta muvaffaqiyatlarga umid qilgandim, lekin bu darajada emas.
"Real"ga "Bavariya"dan kelganman. Bu katta klub edi. "Real Madrid"da uzoq yillar qolishni va o'z o'rnimga ega bo'lishni xohlagandim", -deydi Toni Kroos.
Malumot uchun, Toni Kroos "Real" bilan 20 ta sovrin yutishga erishdi. Ular orasida to'rttadan ECHL va Evropa superkubogi, uchtadan La Liga va Ispaniya Superkubogi bor. Bundan tashqari, Kroos bu klubda besh marta klublar o'rtasidagi Jahon chempionligi va bitta Ispaniya superkubogini qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Райо Вальекано"ни мағлуб эта олмади
Fikrlar