So’nggi yangiliklar

18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  0 18:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама (Матнли трансляция)  15 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  1 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3 17:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси стадионга етиб келди  1 16:57"Динамо" "Қизилқум" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 16:30Дешам Саудия Арабистонидан таклифлар олганини тасдиқлади  0 16:07Ямаль Испания терма жамоаси қайдномасидан чиқарилди  6 15:46"Нефтчи" чемпион бўлган охирги мавсумда ўзбек ва дунё футболи қандай эди?  23 15:34Ўзбекистон ампутантлар терма жамоаси ЖЧ йўлланмасини муддатидан олдин ҳал этди!  6 15:18Ўзбекистон U-19 чемпионати — Осиёда йилнинг энг яхши ёшлар лигаси  1 14:4924 ёшли дарвозабон, амалдаги чемпионни ютган мураббий, термага чақирилмайдиган вингер, турни безаб берувчи голни урган хавбек — Суперлигада 28-турнинг энг яхшилари  1 14:27Исақов, Папава, Плетнёв, Умар, Дориев... Суперлига 28-тур рамзий терма жамоаси  0 14:01Гвардиола: "Силва — мен учратган энг ақлли футболчилардан бири"  0 13:29Эшитдик-да! Кападзе Индонезия терма жамоаси бош мураббийи бўлишга яқин  31

Tonali "Milan" timsoli bo'lishi kerak edi, lekin 80 mln evro... Yangiliklar

Tonali "Milan" timsoli bo'lishi kerak edi, lekin 80 mln evro...

"Nyukasl" va "Milan" Sandro Tonali transferini hal qilishga yaqin turishibdi.

Tonali bolaligidan "Milan" muxlisi edi: "Klubga bo'lgan bu jo'shqin muhabbat otamdan meros. Gattuzo kumirim edi. Men butun umrim davomida aynan "Milan" safiga qo'shilish uchun harakat qilganman".

Tonalining buvisi nabirasining bolalikdagi xatini saqlab qo'ygan. Unda Sandro "Milan" formasi komplektini olib berishni iltimos qilgan. 

U boshqa jamoalar bilan muzokara o'tkazishni ham istamagan va ularga keskin rad javobini bergan. Vaholanki, o'shanda yarim himoyachini Konte "Inter"ga olib ketmoqchi, "Yuventus" va "Barsa" ham o'z tarkibiga qo'shib olmoqchi bo'lgandi. "Milan" esa nisbatan kamtarroq shartlar bilan shartnoma taklif qilgan va futbolchi aynan "rossoneri"ni tanalagan. Oradan ikki yilcha o'tib, Tonali "Milan"da qolish uchungina maoshi kamayishiga rozi bo'ldi. 

U shunchaki jamoada to'p tepayotganidan baxtli edi va hech qanday ortiqcha shartlar qo'ymasdi. Bir necha mavsumdayoq jamoa etakchisi va vice-kapitaniga aylandi. Oxirgi ikki mavsumdan hammadan ko'proq daqiqani maydonda o'tkazdi – aynan shu oraliqda "Milan" chempionlikni qo'lga kiritdi va ECHL yarim finaligacha etib bordi. 

Tonali "Milan" timosliga, qayta oyoqqa turayotgan klubning yuziga aylanayotgandi. Biroq klubga hozir etakchilar, sodiq va kuchli futbolchilardan ko'ra, pullar ko'proq kerak bo'lmoqda. Italiyaning ko'plab mashhur nashrlarining yozishicha, Tonali sotilayotganini oxirgilardan bo'lib bilgan. Klub hattoki Sandro "Nyukasl" bilan shartnoma imzolashi uchun unga "engil bosim" o'tkazgan. 

Biz seni qadrlaymiz, Sandro, va barchasi uchun rahmat. Ammo, bilasanmi, 80 million pul ko'chada yotmaydi.. 

Afsus, zamonaviy futbolda, bevosita Italiya futbolida vaziyat shunaqaroq. Mamlakat chempionligini qo'lga kiritgan, ECHLda yarim finalgacha etib borgan jamoa moliyaviy muammolari tufayli istalgan futbolchisini sotishi mumkin. Axir superklub bunday yo'l bilan qurilmaydi-ku?


Nozima To'xtamirzaeva tayyorladi

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика