So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  61 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  3 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  3 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" Лондонда "Фулхэм" билан дуранг ўйнади  33 21:40БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" ўз уйида "Хорфаккан"ни мағлуб этди, Ғаниевдан иккита ассист  3 20:57"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки футболчисини нишонга олди  4 20:23Рабьога "Наполи", "Милан" ва турк клублари қизиқиш билдирмоқда  0 19:50ОПЛ. "Сабаҳ" меҳмонда ғалабага эришди, Раҳмоналиев кетма-кет бешинчи ўйинда захирада қолдирилди  5 18:50Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўн киши билан камбэк эвазига ғалаба қозонди, Ўринбоев бу сафар ҳам захирада қолдирилди  3 17:49Доннарумма "Ман Сити" билан шахсий шартнома шартларини келишиб олди. Битим суммаси 50 млн евродан кам бўлади  0 16:05"Реал" Винисиусга нарх белгилади  14 14:55Жан-Пьеро Гасперини: "Аниқроқ бўлганимизда иккинчи голни ҳам урардик"  1 14:29Нодирбек Абдураззоқов: "Ҳар бир учрашувда ғалаба учун майдонга чиқамиз"  0 14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  2

Tomoshabinlar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatilgan o'yindan muxlislar galereyasi Yangiliklar

Tomoshabinlar tashrifi bo'yicha rekord o'rnatilgan o'yindan muxlislar galereyasi

Kecha bo'lib o'tgan Tojikiston - Qirg'iziston uchrashuvi tafsilotlari va muxlislar ishtirokidagi fotogalereyani etiboringizga taqdim etamiz.

Usmon Toshev boshchiligidagi Tojikiston terma jamoasi Jahon chempionati Qatar-2022 saralash bosqichining 2-raundini Qirg'izistonga qarshi o'yin orqali boshladi. Qiziqarli va murosasiz o'tgan bellashuvning dastlabki bo'limida hisobni ochgan mezbonlar o'yin so'nggiga qadar ushbu natijani saqlab qolib, g'alabani tantana qilishdi.

Tajikistan

Alisher Dzhalilov - 41'

World Cup Qualification AFC 2nd Round Grp. F . 1-tur

05/09/2019, 20:00

0
:
1
Tugadi

Kyrgyzstan

Stadion: 17800 tomoshabin

45'
90'
41'  Alisher Dzhalilov
87'  Manuchehr Dzhalilov (Sheriddin Boboev)
89'  Muxammadzoni Raximov (Jahongir Ergashev)
90'  Parvizdzhon Umarbaev (Komron Tursunov)
25'  Kairat Zhyrgalbek
35'  Azamat Baymatov
46'  Akhlidin Israilov (Tursunali Rustamov)
69'  Bakhtiyar Duyshobekov (Abai Bokoleev)
71'  Tamirlan Kozubaev
75'  Farhad Musabekov (Alimardon Shukurov)

Uchrashuvdagi yagona hal etuvchi golga Tojikiston terma jamoasi safida shu kuni debyut qilgan Alisher Jalilov mualliflik qildi.

Qayd etish kerakki, mazkur bahsda juda ko'p yillardan buyon kuzatilmagan ajoyib holat ruy berdi. Ko'p yillardan beri Tojikiston o'yinlarida muxlislar stadionni to'ldirmay qo'yishgandi. Etiborlisi, Usmon Toshev o'zining Dushanbedagi ilk rasmiy bellashuvidayoq kutilganidan ham ko'proq tomoshabin (18740) yig'ishga muvaffaq bo'ldi. Buni o'yindan keyingi matbuot anjumanida mahalliy jurnalistlar ham etirof etishdi.


Quyida saytimiz fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev o'z obektivida muhrlagan muxlislar fotogalereyasini tomosha qilishingiz mumkin.

Uchrashuvning fotogalereyasi esa sal avvalroq berilgandi va o'yindagi suratlarni quyidagi havola orqali ko'ring!


















SHu tariqa Tojikiston terma jamoasi Jahon chempionati saralash bosqichining 2-raundini Markaziy Osiyo derbisi maqomidagi o'yinda qo'lga kiritilgan muhim g'alaba bilan boshladi. Endilikda jamoa 2-turda Mongoliya mehmoniga aylanadi. 

Eslatib o'tamiz, Tojikiston o'rin olgan "F" guruhida Qirg'izistondan tashqari Mongoliya, Myanma hamda favorit Yaponiya joylashgan. Dastlabki turda Mongoliya Myanma ustidan g'alaba qozongan bo'lsa, Tojikiston Qirg'izistonni taslim etdi. Yaponiya esa bu turda dam oldi. Kelasi turda esa hozircha guruh favoritlari bo'lib turgan Mongoliya va Tojikiston o'zaro to'qnashishadi. Yaponiya esa ilk o'yinni boy bergan Myanma bilan Qatar-2022 yo'lidagi yurishini boshlaydi. Qirg'iziston esa bu gal dam oladi.

Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика