So’nggi yangiliklar

22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  0 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  1 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  2 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  0 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  1 19:23Алишер Одилов "Навбаҳор" ва унинг мухлислари билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси маълум  20 19:05Расман: Одил Ҳамробеков Эроннинг амалдаги чемпиони сафини тўлдирди  7 19:00Кападзе, Лёв, Билич – кимнинг ўйин услуби Ўзбекистонга мосроқ?  22 18:40ЖЧда муносиб иштирок этиш учун мураббийлар штаби таркибини такомиллаштириш мақсад қилинган — ЎФА  8 18:27"Комо" "Манчестер Сити" футболчисни сотиб олди  0 17:59Альканатара "Барселона" мураббийлар штабига қайтмоқда  0 17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  1 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  3

Tomosha tugadi, tarqalinglar Yangiliklar

Tomosha tugadi, tarqalinglar

Olamshumul nimadir kutganmidingiz? Men esa yo'q.

SHunchaki navbatdagi o'rtoqlik o'yinida mag'lub bo'ldik. Vaqtincha murabbiy bilan. Legionerlarsiz jamoa bilan. Topish qiyin bo'lgan ishtiyoq bilan.

Termani Amirliklarga Irismetovning o'zi olib ketishi mumkinmidi? Ro'ziqul Berdiev “Nasaf”da qolavergani yaxshiroqdek ko'rindi. CHunki shu hafta uning jamoasini “Paxtakor”ga qarshi principial o'yin kutib turibdi. CHempionlar Ligasi masalasi hal qilinadigan o'yinga tayyorgarlik kerak. Ketma-ket 10 ta yutgan va 9 tasini quruq seriya bilan o'tkazgan murabbiy esa 5 kun davomida terma bilan bo'ldi. Bu vaqtda SHota Arveladze qo'l ostidagi legionerlari bilan, Sergeev-u Lobanovlari bilan principial o'yinga tayyorgarlik ko'rdi. Bu birinchi masala.

Nega o'ynadik, demoqchi emasman. Maqsadim oqimga qarshi suzish emas, o'zim bilgan princip bo'yicha ishlash. Agar yangi rahbariyat milliy termaga, FIFA kunlariga etiborda bo'layotgan ersa, nega hafa bo'lishim kerak? Bu yaxshi, albatta. Biroq to'liq baxt uchun biroz kamroq. Qaysi manoda deysizmi? Biz tezroq murabbiy topishimiz kerak. Agar xorijlik mutaxassis hozir bo'lganida, futbolchilar Berdievning vaqtinchalik ekani haqida umuman o'ylamay, yangi mutaxassisga o'zlarini ko'rsatish uchun ham balki boshqacha chopishlari mumkin edi. SHuningdek, o'sha murabbiy 2018 yilning rejalarini tezroq ishlab chiqmasa, biz raqobatchilardan ortda qola boshlashimiz mumkin.


BAAga qarshi o'yin bizga hech narsa bermaydi. U legionerlarsiz va aniq maqsadli bosh murabbiysiz o'yin. U ko'proq BAA foydasiga xizmat qiladi. CHunki Amirlik termasi bizdan farqli ravishda o'ziga allqachon murabbiy topgan bo'lib, Alberto Dzakkeronining aytgani bo'yicha ishlashga o'tgan. SHuning uchun ham BAA 4 kun oldin Gaiti bilan o'ynadi, keyin O'zbekistonga qarshi maydonga tushdi.

Raqiblar relsga tushib oldi. Navbat bizniki bo'lishi lozim.


Agar bizga ham tezroq murabbiy kelsa, keyingi FIFA kunlariga talab qo'yishni boshlaydi. Saudiya Bolgariya va Portugaliya bilan o'ynadi, Eron Panama, Togo, Rossiya, Venesuelani ko'rdim demayapti, Yaponiya Braziliyani o'ziga mos raqib deb bilmoqda, Janubiy Koreya Marokash, Rossiya, Kolumbiya, Serbiya bilan kuch to'playapti, Xitoy Serbiyadan keyin Kolumbiyani chaqirdi. Dekabr oyida KXDR, Yaponiya, Xitoy va Janubiy Koreya SHarqiy Osiyo Kubogida to'qnash keladi. Demak, raqiblar relsga tushib oldi. Navbat bizniki bo'lishi lozim.

Ha, aytgancha, murabbiy oldiga faqat yoshlarni chaqir, deb talab qo'yish shart emas. Yoshlar imtiyoz borligi uchun termaga kelishi kerak emas, ular shunchaki termaga loyiqligini isbotlashi va o'sha bir qariya deb bilayotganlarni sog'lom raqobatda yutib chiqishi kerak. Aytmoqchi bo'lganim, buning uchun qaror yoki boshqa nimarsa shart emas, shunchaki futbolni ilmiy talqin qiladigan tajribali xorijiy murabbiy darkor. O'ylaymanki, O'FF shundayini maqsad qilgani uchun ham topishga biroz qiynalyapti...


Muallif :
Reyting: +98   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика