So’nggi yangiliklar

07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  0 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  6 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8 23:04Ислом Исмоилов: "Икром Алибоев балки ўнг қанотда ўйнар"  3 22:49Про лигада иштирок этадиган Қорақалпоғистоннинг икки жамоаси ўртоқлик ўйини ўтказди  0

Tomas Myuller: "Kechagi mag'lubiyat bizning foydamizga xizmat qiladi" Yangiliklar

Tomas Myuller: "Kechagi mag'lubiyat bizning foydamizga xizmat qiladi"

Kecha "Bavariya"ning "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lganidan xabaringiz bor.
Zoxirjon Akramxonov tayyorladi"Gollivud FK"ning mag'lubiyatga uchramaginga ham ancha vaqt bo'lgandi. Myunxenlik futbolchilar so'nggi bor Germaniya super kubogi uchun bo'lgan bahsda "Borussiya D" oldida ojiz qolishgan edi. SHu boisdan ko'pchilik kechagi bahsdan so'ng "Gollivud FK"ni qiyin vaziyatga tushib qoldi deb o'ylamoqda. Lekin "Bavariya" yulduzlaridan biri Tomas Myuller unday fikrda emas. Myullerning firkicha, bazan mag'lubiyatga uchrab turish ham foydadan holi bo'lmaydi.

- Tomas, o'yinning dastlabki 20 daqiqasida "Bavariya" ajoib o'yin ko'rsatdi. Ammo undan keyin jamoangiz o'yini qovushmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Kecha, haqiqatdan ham o'yinimiz qovushmadi. Bilmadim, nega?! Menimcha, biz kecha bir-birimizni yaxshi tushunmasdan harakatlandik. Balki shu boisdan jamoaviy o'yin ko'rsata olmagandirmiz.

- Balki jamoadoshlaringizda o'zlariga bo'lgan ishonch keragidan ortib ketgandir. Har holda ancha vaqtdan beri barcha raqiblarni engib kelayotgan edinglar…  
- Rostdan shunday shekilli… O'zimizga bo'lgan ishonchimiz chindan ham yuqori edi. Ammo 2:3 hisobidagi mag'lubiyat bizga ko'p narsani ko'rsatib berdi. Bu yaqin vaqtlar ichidagi eng xunuk voqea bo'ldi, menimcha.

- O'yindan avval mag'lubiyat haqida umuman o'ylab ham ko'rmagan bo'lsangiz kerak?
- "Bavariya" hech qachon biror matchdan avval mag'lubiyatga uchrash haqida o'ylamaydi. Jamoamiz har doim g'alaba uchun maydonga chiqadi. Ayniqsa, "Allianc Arena"da yutqazishni tasavvur qilish ham qiyin. Ammo kecha maydonda biz kutmagan narsalar sodir bo'ldi.

- Guruhda yuzaga kelgan vaziyat haqida nima deya olasiz?
- Dastlabki besh o'yinda g'alaba qozongan holda biz asosiy vazifani bajarib bo'lgandik. Demak, ortiqcha havotirlanishga xojat yo'q. Oxirgi matchda mag'lubiyatga uchraganimizni esa og'ir kulfat deb hisoblamayman. Hadeb yutaverish ham yaxshi emas. Sizni ishontirib aytishim mumkin, aynan, shu mag'lubiyat bizning foydamizga xizmat qiladi.  Yangi rekordlarni bo'lsa asta-sekin yana qayd etaverishimiz mumkin.

Zoxirjon Akramxanov tarjimasi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика