So’nggi yangiliklar

23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  1 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  5 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4 21:08Суперлига. ОКМК ўз уйида "Қўқон-1912"га мағлуб бўлди  23 20:53"Ливерпул"нинг ёз учун асосий мақсади аниқ  3 20:22Ўзбекистон U-20 термасининг Қозоғистонга қарши ўйинлар учун қайдномаси маълум қилинди  4 19:49Ламин Ямаль 2-3 ҳафтага сафдан чиқди  11 19:2028 ёшли Матета илк бор Франция терма жамоасига чақирилди  2 18:58Суперлига. Иккита пенальти тепилган беллашувда "Навбаҳор" бир киши кам "Хоразм" билан дуранг ўйнади  25 18:18Ўзбекистон терма жамоаси таркибидан тушиб қолган футболчилар  28 17:54Ўзбекистоннинг Кувайт ва Уругвай билан ўйинлар учун таркиби маълум  49

Tolibjonov bu yil ham "Andijon" - "So'g'diyona" uchrashuvida ishlaydi Yangiliklar

Tolibjonov bu yil ham "Andijon" - "So'g'diyona" uchrashuvida ishlaydi

Bugun oliy ligada 6-tur o'yinlari start oladi.

Biz odatdagidek, mazkur turda to'qnash keladigan juftliklarning o'yinini boshqarib boradigan hakamlar statistikasiga to'xtalamiz.

6-tur. 23 aprel (shanba)
ANDIJON - SO'G'DIYONA
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Capenko (Toshkent vil.), I. Garmashov (Toshkent)
Nazoratchi: R. Aytekov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Inoyatov.

Andijonda yosh mutaxassislar Baxtiyor Ashurmatov va Davron Fayziev qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Bellashuvni toshkentlik Olim Tolibjonov boshqarib boradi. Ahamiyatlisi, bu hakam o'tgan yili ham mazkur juftlikning Andijondagi o'yinini boshqargan. O'shanda mezbonlar 3:2 hisobida g'alaba qozongan. "So'g'diyona" 2015 yil Tolibjonov boshqargan uch o'yinning birortasida g'alaba nashidasini surmagan. "Andijon" hisobida bitta g'alaba bor.

2015 yil. "Andijon" ishtirokidagi uchrashuvlar
OLMALIQ - ANDIJON - 3:2
ANDIJON - SO'G'DIYONA - 3:2

"So'g'diyona" ishtirokidagi uchrashuvlar
SO'G'DIYONA - METALLURG - 0:0
BUXORO - SO'G'DIYONA - 1:0
ANDIJON - SO'G'DIYONA - 3:2
 
MASH'AL - NEFTCHI
Hakamlar:
R. Ermatov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), E. Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: I. SHaripov (Buxoro).
O'zPFL vakili: R. CHernikov.

Muborakda "Mashal" - "Neftchi" jamoalari o'rtasidagi o'yinni boshqaradigan Ravshan Ermatov 2015 yil "gazchilar" ishtirokidagi bittagina uchrashuvda ishlagan. "Neftchi" esa, Ermatov hakamligida 5ta bellashuv o'tkazgan. "Mashal" o'sha bitta o'yinda g'alaba qozongan bo'lsa, "Neftchi" 5ta bahsdan faqat bittasida yutuqqa erishgan.

2015 yil. "Mashal" ishtirokidagi uchrashuv
MASH'AL - ANDIJON - 2:0

"Neftchi" ishtirokidagi uchrashuvlar
NEFTCHI - NAVBAHOR - 1:0
NEFTCHI - NASAF - 0:1
SHO'RTAN - NEFTCHI - 4:1
NAVBAHOR - NEFTCHI - 1:0
OLMALIQ - NEFTCHI - 3:3

OBOD - BUNYODKOR
Hakamlar:
H. Ro'ziev (Toshkent), O. Abduvosilov (Toshkent), S. SHoyusupov (Toshkent), A. Rubakov (Toshkent)
Nazoratchi: B. Tog'aev (Toshkent).
O'zPFL vakili: F. Magametov.

"Jar" stadionida bo'lib o'tadigan "Obod" - "Bunyodkor" bellashuvi Hasan Ro'zievga ishonib topshirilgan. Aytish kerak, "qaldirg'ochlar" 2015 yil Ro'ziev boshqargan o'yinda "Mashal"ga yutqazib qo'yishgan.

2015 yil. "Obod" ishtirokidagi uchrashuv
Yo'q

"Bunyodkor" ishtirokidagi uchrashuv
MASH'AL - BUNYODKOR - 3:2

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика