So’nggi yangiliklar

00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  0 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  8 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5

Tohir Kopadze: "Farg'onaga g'alaba bilan qaytishimiz ham mumkin edi" Yangiliklar

Tohir Kopadze: "Farg'onaga g'alaba bilan qaytishimiz ham mumkin edi"

"Qizilqum" - "Neftchi" jamoalari uchrashuvidan so'ng, farg'onaliklar klub raisi Tohir Kopadze jurnalistlar qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
 - Bugun o'yinda jangovor durang qayd etildi, - deya so'z boshladi Tohir Kopadze. - Navoiyga faqat g'alaba ilinjida kelgandik. Uchrashuv davomida jamoamiz bir qator golli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Biroq imkoniyatdan unumli foydalanishda yigitlarimizga omad kulib boqmadi.

Agar ikkinchi bo'limda Muhsinjon Ubaydullaev maydondan chetlatilmaganda, balki bugun uyga g'alaba bilan qaytgan bo'larmidik?!  SHunga qaramay, safarda bir ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.

Mehmondagi o'yinlarda asosan bir hujumchi bilan o'ynashga harakat qilamiz. SHu bois, SHerzod Hakimovni zaxiradan maydonga tushirdik.

"Qizilqum" ancha shakllangan, yaxshi saviyadagi legionerlarga ega jamoa. Navoiyda ularga qarshi o'ynash har qanday jamoaga qiyinchilik tug'dirishi tabiiy. O'z muxlislari qarshisida to'p surganda har qanday jamoada qo'shimcha kuch paydo bo'ladi. Bugun jiddiy raqibga qarshi  nafaqat darvozabonimiz, balki butun jamoa chiroyli futbol namoyish etdi.  O'z navbatida olis Farg'onadan bizni qo'llab-quvvatlash uchun Navoiyga tashrif buyurgan ishqibozlarimizga rahmat aytaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика