So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  9 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  3 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  11 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  88 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  6 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Tohir Kapadze: “SHogirdlarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi” Yangiliklar

Tohir Kapadze: “SHogirdlarimning harakatlaridan ko'nglim to'ldi”

Kecha va bugun birinchi liganing 1-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. O'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni vazifa qilib qo'ygan “Qo'qon-1912” payshanba kuni o'z maydonida “CHust-Paxtakor”ni qabul qildi.
Tajriba bobida raqibiga nisbatan ustunlik qilgan qo'qonliklar yakunda 2:0 hisobida g'alaba qozonib, chempionatni muvaffaqiyatli boshladi. Uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy Tohir Kapadze “SA”ga o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Uchrashuv jangavor ruhda o'tdi - deya gap boshladi “Qo'qon-1912” bosh murabbiyi. - CHustliklar ham juda yaxshi jamoa shakllantirganini ko'rdik. Birinchi bo'limda maydonda teng kurash kechdi. O'yinning ikkinchi qismida esa jismoniy jihatdan va umuman mahorat bobida ustunlik qilgan shogirdlarim raqib darvozasini ikki bor aniq nishonga olib g'alaba o'z tomonimizga og'dira olishdi.

- Albatta chempionatning ilk o'yinini g'alaba bilan boshlash har doim yoqimli. Nazarimda stadionga kelgan ishqibozlar ham zerikib qolmadi va ular tomoshabop bahsga guvoh bo'ldi. Hisob bundan-da yirik ko'rinish olishi ham mumkin edi. Ammo yigitlar ayrim vaziyatlarda imkoniyatlardan unumli foydalana olishmadi. “CHust-Paxtakor”da ham gol urish uchun bitta yaxshi vaziyat yuzaga kelgandi.

- Himoyachilarimizning o'yini meni quvontirmoqda. Mana ikki o'yindirki ular darvozamizning dahlsiz saqlab qolishmoqda. Umuman olganda yigitlarning ko'rsatgan o'yinidan qoniqish xosil qildim. Men jamoamning potencialini yuqori baholayman. O'yindan o'yinga ular yanada kuchayib boraveradi.

- CHempionatning dastlabki 4-5 turida hech bir jamoaning imkoniyatini bilib bo'lmaydi. Ungacha hamma ketma-ket g'alabalarga erishib yuqori o'rinlarga vaqtincha chiqib oladi. 5-tur ortda qolganidan so'ng esa kimning nimaga qodirligi oydinlashib boradi.

- Qo'qondagi maydonimizni bu yil tamirdan chiqardik. Bugungi kunga kelib maydon xolatini ideal xolatda deb bo'lmaydi. SHuning uchun ham kombinacion o'yin ko'rsatishimiz qiyin bo'ldi. Lekin maydonni sifatini yaxshilash uchun hanuzgacha ish ketmoqda. Uning talab darajasida bo'lishi uchun yana ozgina vaqt kerak bo'ladi.

- Yana bir quvonarli xolat deb “CHust-Paxtakor”ga qarshi bahsda stadionimiz tribunasi muxlislar bilan to'lib-toshdi. Klubda tashkiliy ishlar ham yaxshi qo'yilganligini alohida takidlab o'tishim joiz.

Islombek RUSTAMBEKOV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика