SHomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi" Yangiliklar

SHomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi"

"Jenoa" forvardi Eldor SHomurodovning agenti German Tkachenko o'yinchining A Seriyadagi debyutidan yarim yil o'tib ko'tarilishga erishishga tayyorligi haqida gapirdi.

SHomurodovning agenti shuningdek "Yuventus" tomonidan qiziqish bo'lgani haqida gapirdi.

"Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi. Ammo "Jenoa" varianti juda jozibali edi va Eldor A Seriyaning eng tarixiy klublaridan birini tanladi.

Eldor "Jenoa"ning kelajakda o'sish uchun yoqimli boshlanish nuqtasi ekanlini biladi. U o'tish davriga kirdi, ammo karerasining ushbu bosqichidan zavqlanmoqda.

"Yuventus"ning qiziqishi haqida o'qish yoqimli, ammo aloqalar bo'lmadi. Menimcha klublar vakillari o'zaro muloqot qilishgan", - deydi Tkachenko.

Reyting: +50   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика