So’nggi yangiliklar

01:19МЛС клублари лигага Неймар келишини хоҳлашмаяпти, улар бразилияликни "бош оғриғи" сифатида кўришмоқда  0 00:46Родриго “Реал”даги ролидан тобора норози бўлмоқда ва январда клубни тарк этиши мумкин  0 00:15Туркияда 1000 дан ортиқ футболчи қимор можароси сабабли четлатилди. Рўйхатда "Галатасарой" ва "Бешиктош" ўйинчилари ҳам бор  1 23:35Суперлига. "Сурхон" – "Шўртан" 1:0  0 23:24Ўзбекистон терма жамоасининг Дубайдаги машғулоти  2 22:57 8 та ўйиндан бери ғалаба қозона олмаётган "Аталанта" Юрични ишдан бўшатди  3 22:04Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг расмий машғулоти  5 21:15Февзи Давлетов: "Рустам Турдимуродов жамоада қоладими? Тўғриси, бу саволга жавоб бериш мен учун қийин"  5 21:00Асрор Алиқулов: "Оддий вазиятда хатога йўл қўйиб гол ўтказиб юбордик"  0 20:42Месси "Камп Ноу"га келиб, стадионга кириш учун шахсан рухсат сўради  12 20:02Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Шўртан"дан устун келди  16 19:50"Галатасарой" президенти Месси билан боғлиқ миш-мишлар ҳақида: "Биз бундай музокаралар олиб бориш мумкин бўлган даражага етдик"  5 19:21"Реал" Винисиус билан янги шартнома бўйича музокараларни тўхтатди  5 18:52Тимур Кападзе: "Мухлисларга доимий қўллаб-қувватлов, энергия ва жамоага бўлган ишончи учун катта раҳмат!"  22 18:35Puma Африка Миллатлар Кубоги тўпини тақдим этди  0

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz? Bu yoshlarga tajriba etishmayotgani bilan bog'liq" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Vaziyatlardan foydalanishda oqsayapmiz? Bu yoshlarga tajriba etishmayotgani bilan bog'liq"

Superliga 2-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" – "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirdi.

- Uchrashuv haqida

- Avvalambor, "Qo'qon-1912"ni g'alaba bilan tabriklayman va keyingi o'yinlarida omad tilayman. Yaxshi o'yin bo'ldi, ikki jamoada ham qulay vaziyatlar yuzaga keldi. Afsuski, tajriba etishmagani bois o'z imkoniyatlarimizdan unumli foydalana olmadik. Umuman olganda, biz bundan to'g'ri xulosa chiqarib, kamchiliklar ustida jiddiy ish olib boramiz. Keyingi bahsni "Paxtakor"ga qarshi o'tkazamiz. O'sha o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rgan holda maydonga tushamiz.

- "Olimpik" — Superliga tarixidagi 41-jamoa. Jamoa o'tgan yili Pro ligada o'ynagan. Superliga qiyinchilik tug'diryaptimi?

- Albatta, Superliga jamoalari har taraflama kuchli. Biz ham o'tgan yilgiga qaraganda ancha o'sishga erishdik va kuchaydik. Pro ligada yaxshi natija ko'rsatdik, ammo Superliga bu boshqa daraja. Unda kamchiliklarimiz yaqqol ko'zga tashlanadi. Yigitlar birinchi o'yinda yaxshi o'yin namoyish qilishdi, bugun ham. Kamchiliklar ustida ishlab, sekin-asta kuchayib boramiz. Yigitlarning potenciali bor. 

- Ikkinchi taymda cho'chimasdan 3 ta hujumchi bilan o'ynadingiz...

- Qo'rqish bo'lmadi, chunki taktik sxemamiz shunaqa edi. Faqat oldingi chiziqni yangilash maqsadida o'zgarishlarga qo'l urdik. Zaxiraga olingan va zaxiradan tushgan o'yinchilarda yaxshi imkoniyatlar yuzaga keldi.  

- Ko'p vaziyatlar yaratyapsizlar, "Surxon" bilan o'yinda ham shunday bo'lgandi. Ammo vaziyatlardan foydalanishda oqsayapsizlar. Bu nima bilan bog'liq?

- Bu yoshlarga tajriba etishmayotgani bilan bog'liq. Ular o'zlariga ishonishlari va xotirjamlikni saqlashlari lozim. O'yinlarda hayajon ham sezilmoqda. Umid qilamanki, ular bu bosimni engib o'tishadi.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика