So’nggi yangiliklar

09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  4 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  5 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  0 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  8 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3 01:15Расман: Азизбек Амонов "Бухоро" футболчисига айланди  5 01:04Равшан Ҳайдаров: "Йигитларда иштиёқ катта эди. Мухлислар қўллови билан ғалабага эришдик"  3 00:57Нодирбек Абдураззоқов: "Японияга қарши ўйинда ғалаба учун майдонга тушамиз. Голимни Ислом Тўхтахўжаевга бағишлайман"  7 00:45"Ювентус" Консейсауни "Порту"дан тўлиқ сотиб олди  0 00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  4 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  2 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  3 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  1

Timur Kapadze - MTJning vaqtincha bosh murabbiyi. Bu haqda murabbiylar qanday fikrda? Yangiliklar

Timur Kapadze - MTJning vaqtincha bosh murabbiyi. Bu haqda murabbiylar qanday fikrda?

Xabaringiz bor, kecha O'FA rasmiy sayti o'tgan yil futbolchilik faoliyatini yakunlagan Timur Kapadze bundan buyon O'zbekiston milliy terma jamoasining vaqtinchalik bosh murabbiyi bo'lganini elon qildi.

SHundan beri ko'pchilik bu borada o'z fikr-mulohazalarini bayon qilmoqda. Biz bu yangilik borasida o'z vaqtida Timur Kapadze bilan klub va terma jamoa miqyosida ishlagan murabbiylarga murojaat qilib ularning fikrini tingladik.  

Mirko Yelichich ("Lokomotiv" PFK murabbiyi): 

- "Avvalo Timur Kapadzega yangi ishda omad tilayman. Terma jamoada ishlash katta bosim va hamma gap shu bosimni engib o'tishda. Kapadze vaqtincha bosh murabbiy bo'lishining ham plyus, ham minus tomonlari bor. Plyus tomoni shundaki, u terma jamoada ko'p yil o'ynagan va bu erda hech kim unga begona emas". 

- "Endilikda u olg'a qaraydi va mustaqil ishlashga harakat qiladi. Keyinchalik terma jamoaga rasman bosh murabbiy tayinlanganidan so'ng ham Kapadze yordam berishda davom etadi va ungacha ancha ko'nikib qolgan bo'ladi. Minus tomoni esa u yaqinda futbolni tugatdi va hali murabbiylik qilishga tayyor bo'lmasligi mumkin. Masalan, boshqa davlatlarda futbolni tugatgan o'yinchiga birdaniga milliy jamoani topshirishmaydi, chunki bu juda murakkab ish".

Vadim Abramov (O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi): 

- "Terma jamoani boshqarish juda katta masuliyat degani, bu xoh vaqtinchalik bo'lsin yoki to'liq. SHuni aytishim mumkin, Kapadze juda yaxshi va aqlli o'yinchi bo'lgan, ammo murabbiylik butunlay boshqa kasb. Menimcha, Timur terma jamoadan oldin qaerdadir ishlab ish o'rgansa va malaka oshirsa yaxshi bo'lardi".

- "Uning terma jamoaga vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlanganiga ikki xil qarash mumkin. Aslida-ku hayotning o'zi plyus-minuslardan iborat. Yana qaytarib aytaman, Kapadze yaxshi futbolchi edi, lekin uni murabbiy sifatida bilmayman. Hamma gap ishga bo'lgan munosabatda. Agar biz mart va may oylarida bo'ladigan o'rtoqlik uchrashuvlariga shunchaki o'yin sifatida qarasak ko'p narsa yutqazamiz. Bu o'yinlarga avvalo Osiyo Kubogiga tayyorgarlik sifatida qarashimiz kerak. Yig'ildik, o'ynadik degan bilan ish bitmaydi. Bu o'rinda futbolchilarni ko'zdan kechirish, o'yinlar natijasi FIFA reytingiga tasir qilishini ham unutmaylik".

Ravshan Haydarov (O'zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi): 

- "Avvalo shuni aytishim kerak, Timur Kapadze juda iqtidorli, hurmatga sazovor, tartibli va har doim intizomga amal qiladigan futbolchi bo'lgan. SHu bois ham u ko'p yil futbol o'ynadi. Uni barcha birdek hurmat qiladi desam adashmayman. Endi uning vaqtincha bosh murabbiy etib tayinlanganiga kelsak, o'ylaymanki, bu borada to'g'ri qaror qabul qilindi".

- "Bu Kapadze uchun oldinga katta qadam tashlash bo'ladi. Undan kelajakda yaxshi murabbiy chiqishiga umid qilyapman. Albatta, terma jamoada ishlash oson emas va buning masuliyati nihoyatda katta bo'ladi, lekin biz - murabbiylar qo'ldan kelgancha unga yordam berishga tayyormiz. To'g'ri, Timurda hozir murabbiylik bo'yicha tajriba kam, lekin ishtiyoq yuqori. Eng muhimi, murabbiylikni boshlashda qo'rqmaslik kerak. Yoshlarga yo'l berish maqsadida ham bu qaror qabul qilindi deb o'ylayman".

X.Xoliqov yozib oldi.

Reyting: -200   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика