So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  1 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  7 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  10 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  6 22:37Мбаппе Саудия Арабистонига боради, лекин...  1 22:16"Кристал Пэлас" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширди  0 21:32"Интер" ва "Ал Ҳилол" музокараларга киришди  0 21:16Рубен Аморим "МЮ" - "Лидс" ўйини ҳақида: "Бу дерби эканлигини эшитдим, бироқ АПЛда барча ўйинлар жуда қийин ўтади"  3 20:55Ханси Флик: "У жамоа учун жуда муҳим футболчи"  1 20:33Пеп Гвардиола Энцо Маресканинг истеъфоси ҳақида: "Менинг омадим келган"  5 19:59"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги вингерга кўз тикди  0

Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo'q" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Koreya kuchli jamoa, ularga hakam yon bosishining keragi yo'q"

Osiyo o'yinlari 1/2 finalidan o'rin olgan Koreya Respublikasi - O'zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Ilk navbatda, yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Sababi, ular yaxshi harakat qildi. G'alaba uchun tayyorgarlik ko'rdik. Koreya kuchli jamoa ekanligini bilardik. SHunga qaramasdan, shogirdlarim yaxshi o'yin namoyish etishdi. Ikkita xatoga yo'l qo'yishimiz oqibatida gollar o'tkazib yubordik. Birinchisi standartdan edi, ikkinchisida o'zimiz xato qildik. Koreyadek jamoa bunday xatolarni kechirmaydi. Ikkinchi bo'lim bu holatdan chiqishga harakat qildik, biroq uddasidan chiqolmadik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Bugungi bahsni tahlil qilamiz. 

Futbolda emociya bo'lishi tabiiy. Buning ham meyori bor va undan chetga chiqmaslik kerak. Bugungi uchrashuvdagi qizil kartochka hakam bilan tortishish oqibatida olinmadi, bu jazo kurashlar uchun berildi. Koreya shundoq ham kuchli jamoa va ularga hakam yon bosishining keragi yo'q. Lekin avvalgi o'yinda bo'lgani singari bugun ham ular to'qnashuvlarda maydon uzra ko'p marotaba yotib olishdi. Bizning foydamizga esa hakam hushtak chalmadi. Hech kim bu erga yutqazgani kelmaydi. SHogirdlarim hali yosh, bu narsani sekin-sekin tushunib boradi", — dedi o'zbekistonlik murabbiy.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi 3-o'rin uchun bahsda Gongkong bilan bellashadi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика