So’nggi yangiliklar

14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  4 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  13

Timur Kapadze: "Indoneziyadan kuchliligimizni bilardik, ammo ular yaxshi himoyalanishdi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Indoneziyadan kuchliligimizni bilardik, ammo ular yaxshi himoyalanishdi"

Sal oldin O'zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo o'yinlarining nimchorak finalida Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuv asosiy vaqtida hisob ochilmadi. Ekstra-taymlarda esa SHerzod Esanov dubl qayd etib, termani chorak finalga olib chiqdi. Uchrashuvdan so'ng olimpiyachilar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida

- Hamma yurtdoshlarimizni g'alaba bilan tabriklayman! Qiyin uchrashuv bo'ldi. Asosiy vaqtda yutish niyat bor edi, ammo qiyinchilikka uchradik. Ekstra-taymlarda bo'lsa-da, eng muhimi, g'alaba qozondik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Musobaqada oson o'yinning o'zi yo'q. Indoneziya bizga qarshi jiddiy kurash olib bordi. Ehtimol, vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda masala asosiy vaqtda hal etilardi. 

Jamoa o'yini Osiyo Kubogida saralashidagi jamoanikidan farq qilyapti. Buning sababi nimada?

- To'g'ri takidladingiz. Har bir uchrashuvda imkoniyatlarimiz ko'p bo'lyapti, ammo foydalanishda qiynalyapmiz. Balki ruhiy taraflama muammoga uchrayotgandirmiz. Xotirjamroq o'ynashimiz kerak. Buning ustida ishlayapmiz. 

Umid qilamanki, keyingi uchrashuvlarda yo'q imkoniyatlardan ham unumli foydalanib keta olamiz. Ehtimol, saralash bahslarida uyimizda o'ynaganimiz bizga foyda bergandir. Havo va maydon holati ham o'zimizdagidan farq qilishini unutmaslik lozim. Lekin o'ylaymanki, yigitlar vaziyatlardan foydalana olmaslik holatlaridan chiqib ketishadi.

- Ko'plab imkoniyatlarni ko'kka sovuryapmiz. Yigitlarga qandaydir aniq ko'rsatmalar berish kerakka o'xshaydi. Bu borada qanday ish olib borasiz?

- Bunday turnirlarda birinchi navbatda tiklanish jarayoni muhim. O'yinlarda katta kuch sarflanyapti, ob-havo ham tasirini o'tkazmoqda. Indoneziyadan kuchliligimizni bilardik, ammo ular yaxshi himoyalanishdi. Hozirgi asosiy vazifam – futbolchilarimizni tiklash. Keyin o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun bizda 1 kun vaqt bo'ladi. Albatta, sariq va qizil kartochkalar bilan bog'liq yo'qotishlar bor. Tiklanish jarayoni bugundan, hozirdan boshlandi. Albatta, keyingi bahsgacha o'zimizga kelib olamiz.

- Jamoangiz bugungi o'yindan oldin penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rganmidi?

- Bugun penaltilar seriyasiga alohida tayyorgarlik ko'rganimiz yo'q. Yigitlar doim mashg'ulotlardan so'ng buning ustida alohida ishlashadi.

Avvalroq O'zbekiston U-23 termasi chorak finalda qaysi terma bilan o'ynashi haqida xabar berilgan edi.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика