Timur Kapadze: "Bu guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishimizga kuchimiz etadi"
28 iyu 2024 11:38
Yangiliklar
Timur Kapadze: "Bu guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishimizga kuchimiz etadi"
Mutaxassislar fikri davom etadi.
O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi va OTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati saralashidagi raqiblariga o'z munosabatini bildirdi.
"Bu qurani intiqlik bilan kutdik. Birinchi o'rinda terma jamoamizga oxirgi bosqichda omad tilayman. Guruhga kelsak, yaxshi raqiblar ro'baro' keldi. Bundan ham kuchli terma jamoalar bo'lishi mumkin edi. Umuman olganda har tomonlama qulay qura bo'ldi deya olaman. Yutsa bo'ladigan jamoalar. Qatar bilan o'ynay olamiz, Eron bilan ham tengma-teng o'yin ko'rsatdik. BAA, Qirg'iz Respublikasi, KHDRni kuchini bilamiz. Terma jamoamiz guruhdan birinchi o'rin bilan chiqishiga kuchi etadi. Ularga faqat muvaffaqiyat tilaymiz",- deydi Timur Kapadze.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar