So’nggi yangiliklar

09:51"Реал" футболчиси Саудияга кетмоқчи, бироқ унга ПСЖ жиддий қизиқмоқда  0 09:23"Манчестер Юнайтед" бош мураббийи клубнинг келажаги бўладиган футболчи ҳақида гапирди  0 08:55ESPN "Реал Мадрид"да Хаби Алонсо ўрнини эгаллаши мумкин бўлган асосий номзодни эълон қилди  1 08:30"Каттақўрғон" катта футбол учун дастлабки қадамларни ташлади  1 08:01Ўзбекистонлик футболчи Косово жамоаси билан шартнома имзолади  3 07:29Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Андижон"га ўтишга яқин  9 00:30"Реал" ёзда Пасни "Комо"дан 9 млн еврога сотиб олишга қарор қилди. Нико қайта сотилмайди  0 23:41"Реал" Карвахалга ўринбосар топди  1 23:04Хаби Алонсо "Реал"дан учта юлдузни сотиб олишни сўради  3 22:15“Барселона” ва “Ювентус” “Борнмут” футболчисига қизиқмоқда  0 21:48"Арсенал" ҳимоячиси Салиба: "Мен АПЛни яхши кўраман, лекин асосий мақсадим — Чемпионлар лигаси"  1 21:21Флик Рэшфорд бўйича қарор қабул қилди  3 20:55“Манчестер Юнайтед” “Атлетико” ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 20:24“Манчестер Сити” футболчиси январда клубни тарк этиши мумкин  4 19:54Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?  16

Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g'alabalari tasodif emas" Yangiliklar

Timur Juravel: "Osiyo jamoalarining g'alabalari tasodif emas"

"Match TV" telekanali jurnalisti Timur Juravel "Championat.asia" saytiga jahon chempionati haqidagi ilk taassurotlari haqida intervyu berdi.

- Osiyo terma jamoalari, jumladan, Saudiya Arabistoni va Yaponiyaning JCHdagi ishtiroki haqida qanday fikrdasiz?

- Bu endi 1-tur. Ularning g'alabasini tasodifiy demagan bo'lardim. Yaponiya - tizimli terma jamoa, tartibli o'yin ko'rsatadi va malum darajadan pasayib ketishmaydi. Saudiya Arabistoni esa ko'z o'ngimizda katta o'sishga erishyapti. Avvalgi mundialda ochilish uchrashuvida Rossiyaga 0:5 hisobida imkoniyat boy berilgandi, kecha esa ajoyib futbol namoyish qilmoqda. Ikkinchi bo'lim starti — menimcha, ushbu musobaqa men ko'rgan eng kuchli o'yin.

- Balki dunyo bo'ylab futbol darajasi tenglashayotgandir?

- Har kimning o'z muammosi bor. Argentinaga chamasi, murabbiy resursi etishmayapti. Germaniyada esa kutilmagan natija, ammo nemislar hali o'z so'zini aytadi. Top jamoalar o'yini pasaydi demagan bo'lardim, lekin qolganlar o'sgani aniq. 

- Argentina va Germaniya guruhdan chiqa oladimi?

- Germaniya kuchli, 60-daqiqagacha o'yin asosan bitta darvozaga yaqin hududda o'tdi. Va kutilmaganda, yaponlar rejimni o'zgartirdi, hujumda boshqacha harakat qila boshladi. Saudiya Arabistoni ham Argentinaga qarshi uchrashuvda shunga o'xshash ishni bajardi. SHunday ekan barchasini vaqt ko'rsatadi. 

- Siz JCHning hozirgacha o'tgan barcha o'yinlarini jonli ravishda tomosha qildingiz. Qaysi terma jamoaning o'yini qolganlarga nisbatan ko'proq yoqdi?

- Futbolni chinakam tomosha qilyapman demagan bo'lardim. Vazifam — barcha o'yinlarga etib borish, rekord qo'yish. Inglizlar haqida gapirgan bo'lardim, ular omadsiz seriyani to'xtatishdi. Biroq eng qoyil qoldirgani francuzlar bo'ldi. Ularning o'yinga qayta olgani va Avstraliyani tiz cho'ktirgani. Aytgancha, bu ikki terma haqida, ularning muammoga duch kelishi aytilganidi: inglizlar Millatlar Ligasida A diviziondan tushib ketgandi, francuzlar esa jarohatlar sabab ko'p o'yinchilarni yo'qotishdi. Biroq, yana qaytaraman, bu endi birinchi tur.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика