So’nggi yangiliklar

11:10Хорватия U-17 бош мураббийи: "Ҳеч қандай рақибдан қўрқмаймиз"  0 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар топди  0 10:24АПЛ клуби Родриго трансфери бўйича "Реал" билан музокараларни бошлади  0 09:56Дешам ЖЧ-2026дан кейин қайси клубни бошқариши мумкинлиги маълум бўлди  1 09:28"Ливерпуль" январда ПСЖ етакчиси учун 130 миллион евро тўлаши мумкин  1 08:59Месси: "Мен бутун умримни "Барса"да ўйнаб ўтказаман, деб ўйлагандим"  2 08:31"Челси" "Реал" тарбияланувчисини сотиб олмоқчи  1 08:03Ўзбекистон Хорватия баҳсининг бошланиш вақти маълум  20 07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  3 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  24 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  8

Tiklanish uchun 48 soat etadimi? Yangiliklar

Tiklanish uchun 48 soat etadimi?

SHota Arveladze "Xall Siti" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Paxtakor" sobiq bosh murabbiyi endi o'z kuchini Angliyada sinab ko'radi. "Xall Siti" hozirda CHempionship (yani Angliya birinchi ligasi)da ishtirok etmoqda.  Bu musobaqada 24ta klub qatnashadi. 

Endi tasavvur qiling-a, bir mavsumda klublar 46ta turni o'tkazishadi. Bundan tashqari Kubok musobaqalari ham bor, ular alohida. "Xall Siti" 24 klub orasida 32 ochko bilan 19-o'rinda boryapti. Endi bu yil APLga qaytishi qiyin bo'ladi. Arveladzening yangi jamoasi hozircha CHempionshipda 28 turda maydonga tushdi. 

Ularni oldinda yana 18ta tur kutyapti va mana shu 18ta turni jamoa 8 mayga qadar o'tkazib bo'ladi. Keling, yaxshisi "Xall"ning fevral-may oralig'idagi o'yinlar taqvimiga etibor beramiz. 


Fevralda 7ta o'yin

5 fevral ("Preston")

9 fevral ("Derbi Kaunti")

12 fevral ("Fulxem")

16 fevral ("SHeffild")

19 fevral ("Kuins Park")

23 fevral ("Barnsli")

26 fevral ("Peterboro")


Martda 4ta o'yin

5 mart ("Vest Bromvich")

12 mart ("Birmingem")

17 mart ("Koventri")

19 mart ("Luton")


Aprelda 6ta o'yin

2 aprel ("Xaddersfild")

9 aprel ("Middlsboro")

15 aprel ("Kardiff")

18 aprel ("Milluol")

23 aprel ("Riding")

30 aprel ("Bristol Siti")


Mayda 1ta o'yin

7 may ("Nottingem Forest")


Ko'rib turganingizdek, "Xall Siti" fevralda 7ta, martda 4ta, aprelda 6ta va mayda 1ta - jami 18ta o'yin o'tkazadi. Ayniqsa bu jamoani kelasi oyda 7ta o'yin kutib turibdi. O'yinlar bo'lib o'tadigan kunlar orasi ham qisqa va shu o'rinda savol tug'iladi: ftubolchilar tiklanishga ulguradimi?

Albatta, ulguradi. Axir bu - Angliya. Ular necha yillardan beri chempionatni shu formatda o'tkazib kelishyapti va klublar ham bunday og'ir taqvimga allaqachon ko'nikkan. 

Bu maqolaning yuzaga kelishi kutilmaganda bo'ldi. SHota Arveladze "Xall Siti" bosh murabbiyi etib tayinlangach, klubning o'yinlar taqvimiga qiziqdim. Endi O'zbekistonda ishlab ketgan har qanday murabbiyning keyingi faoliyatiga baribir qiziqasiz-da. O'yinlari soni juda ko'p ekan. Keyin o'zimga tanish bir futbolchidan so'radim: o'yindan keyin tiklanish uchun 48 soat etadimi? 

Uning aytishicha, 48 soat Evropada etadi, lekin bizda emas. CHunki Evropada futbolchining o'yindan keyin yaxshi tiklanishi uchun hamma sharoit bor. SHu bois ular har uch kunda maydonga tushaveradi. Bizda esa bu borada faqat sanoqli klublardagina yaxshi sharoit mavjud. Lekin hammada ham sharoit yuqori emas.

2018 yil agar Krasnodarga bormaganimda ehtimol futbolchimizning bu gaplariga unchalik ishonmasdim. Lekin o'sha yil Krasnodarga qilingan 5 kunlik safar davomida "Krasnodar" futbol klubi stadioniga borib, u erdagi sharoitlarni ko'rib og'zim lang ochilib qolgandi. Trenajyor zal deysizmi, dush, basseyn, jakuzi, muzxona, fizioterapiya, xullas futbolchi jarohat olsa yoki o'yindan keyin tezroq tiklanish zarur bo'lib qolsa, sog'ayish (tiklanish) uchun hamma sharoit bor.

Agar bizda ham shunga yaqin sharoitlar yaratilsa, bu ham klublar, ham terma jamoamiz uchun foydali bo'lardi. Ajab emas, shundan keyin terma jamoa 70-daqiqadan keyin charchab qoladi degan gapga hojat qolmasa.

Izoh: Barcha suratlar "Krasnodar" futbol klubi stadionida olingan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика