So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  4 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Tiago Bezerra: “Sardor Rashidov “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri” Yangiliklar

Tiago Bezerra: “Sardor Rashidov “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri”

Qatar chempionatining 16-turida “Al Xor” jamoasi o'z maydonida Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Qatar SK” klubini qabul qildi.

Mazkur bellashuvda “Paxtakor”dagi ajoyib o'yinlari bilan tanilgan Tiago Bezerra dubl muallifiga aylandi va jamoasining uzoq muddatli g'alabasiz seriyasiga barham berdi. 

Bahsdan so'ng braziliyalik futbolchi bilan bog'lanib fikrlari bilan qiziqdik. 

“O'yin asabiy ruhda o'tdi. Qiyin g'alabani qo'lga kiritdik. Oxirgi daqiqalar yaqinlashgani tavakkal qilishdan boshqa chora topa olmadik. Biroq, penaltidan urilgan goldan so'ng uch ochko bizniki ekanligiga ishona boshladik. Ikkinchi to'pni kiritib o'yinga chiroyli yakun yasashga erishdik. Turnir jadvalidagi ahvolimizni yanada og'irlashtirib qo'ymaslik uchun mag'lub bo'lmasligimiz talab etilardi. 

Sardor Rashidov haqida fikrim qanday? Menimcha uning darajasi jamoasidagi boshqa futbolchilarnikidan yuqoriroq. Mahalliy o'yinchilardan ajralib turadi. U “Qatar SK” tarkibidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb o'ylayman”, - dedi Tiago Bezerra.


Abdulziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика