Terma jamoa murabbiylari kengashi bo'lib o'tdi
03 apr 2014 13:12
Yangiliklar

Terma jamoa murabbiylari kengashi bo'lib o'tdi
Bugun O'FF Terma Jamoalar Markazida murabbiylar kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Kengash yig'ilishida terma jamoa murabbiylaridan Temur Olimxo'jaev (U-16), Sergey Lushan (U-19) va SHuhrat Maqsudov (U-22) ishtirok etishdi. Bu haqda O'FFning tvitterdagi rasmiy sahifasi xabar tarqatdi.
Yig'ilishda, terma jamoalarning mart oyi yig'inlari hisoboti berildi va aprel oyiga mo'ljallangan rejalari tasdiqlandi.
Rejaga ko'ra Temur Olimxo'jaev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U16 o'smirlari 20-26 aprel kunlari BAAda o'zining navbatdagi yig'inini o'tkazadi.
BAA dagi yig'in davomida, O'zbekiston U16 22 va 24 aprel kunlari BAA o'smirlar termasiga qarshi ikki o'rtoqlik o'yinini o'tkazishi rejalashtirilgan.
Sergey Lushan boshchiligidagi O'zbekiston U-19 terma jamoasi 20-30 aprel kunlari Toshkentda 10 kunlik yig'in o'tkazadi.
SHuhrat Maqsudov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-22 terma jamoasi 14-17 aprel kunlari navbatdagi yig'in uchun Toshkentda yig'iladi.

Fikrlar