So’nggi yangiliklar

21:14"Ҳар бир олинган очко бизни Жаҳон чемпионатига яқинлаштирмоқда" – Отабек Шукуров  0 20:40ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон Тошкентдаги ажойиб оқшомда БААдан устун келди  464 20:38ЖЧ-2026 саралаши. Эрон – Қатар. Таркиблар аниқ!  8 20:15Погба: "Ҳеч қачон "ҳеч қачон" дейиш керак эмас"  2 19:48Бонуччи фаолиятидаги энг мураккаб рақибни айтди — у Месси ёки Роналду эмас  1 18:43"Манчестер Юнайтед" 6 миллионга сотган футболчисини 20 миллионга қайтариб олмоқчи  1 18:02Ўзбекистон - БАА: Терма жамоамиз "Бунёдкор" стадионига етиб келди  5 17:50ЖЧ-2026 саралаши. Иккита автогол урилган ўйинда Япония ва Австралия очколарни бўлиб олишди  19 17:32ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - БАА: "Бундёкор" стадиони ўйинга тайёр  11 16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  9 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  3 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  2 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  6 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0

Terma jamoamizning himoyada o'ynaydigan darvozabonini bilasizmi? Yangiliklar

Terma jamoamizning himoyada o'ynaydigan darvozabonini bilasizmi?

Sarlavhani o'qib, xayolingizga Eldor Suyunov kelgan bo'lsa kerak.

"Paxtakor" posboni saytimizga bergan intervyusida Samvel Babayan uni mashg'ulotlar paytida mudofaa chizig'ida sinab ko'rganini aytgandi. Ammo bugungi qahramonimiz rasmiy o'yinlarda ham boshqa poziciyada o'ynab ketaveradi. Gap O'zbekiston ayollar terma jamoasi darvozaboni Laylo Tilovova haqida ketyapti. 

U 1997 yilda tug'ilgan bo'lib, futboldagi ilk qadamlarini 10 yoshida tashlagan. Mamlakatimizning o'smirlar va yoshlar terma jamoasi libosida o'ynagan Laylo bugungi kunda milliy jamoaning asosiy posboni hisoblanadi. Masalan, u 17-25 sentyabr kunlari Toshkentda o'tkazilgan Osiyo kubogi-2022 saralash bahslarida ham darvozamizni qo'riqladi.

Masalaning qiziq tomoni shundaki, Laylo Tilovova O'zbekiston chempionatining so'nggi 2 mavsumida himoyachi sifatida ishtirok qilmoqda. U Qarshining "Sevinch" klubi sharafini himoya qiladi. 24 yoshli futbolchi Oliy Liganing joriy mavsumida 16 uchrashuv o'tkazib, 1ta gol urishga ham ulgurgan.

Etiborlisi, Tilovova klubida himoyachi sifatida o'yin amaliyoti olayotgan bo'lsa ham, Bahrom Norsafarov boshchiligidagi terma jamoada asosiy kiper bo'lib qolmoqda. SHu tufayli uning fikrlari bilan qiziqdik. 

Quyida saytimiz jurnalisti Malika Kushbakova tomonidan Laylo Tilovova bilan uyushtirilgan suhbatni o'qishingiz mumkin.

Hammamizga malumki, bizda ayollar futboliga etibor past. Sizning futbolga kirib kelishingiz qanday bo'lgan?

- Mening futbolga qiziqishim yoshligimdan boshlangan. "SEVINCH" klubida 2007 yildan boshlab to'p sura boshladim. Bunga sababchi ota-onam. Ular futbolga qiziqishimni ko'rib, shug'ullanishimga ruxsat berishgan. Futbolchi bo'lishimga qarshi bo'lishmagan va hozirgacha qarshilik qilishmaydi. 2013 yildan ayollar  U-16  terma jamosida o'ynay boshladim. Hozir O'zbekiston terma jamoasi azosiman. Bizda ayollar futboliga qaraganda erkaklar futboliga etibor katta. Buni hamma biladi. Lekin mana shu 3-4 yil ichida bizga ham oldingiga nisbatan etibor kuchaygan. Biz bundan juda ham xursandmiz. Ayollar futboliga qiziqish kuchaydi va uni har xil ommaviy axborot vositalari orqali yoritib borishga harakat qilishmoqda. O'yinlarni tomosha qilish sharoitlari yaratilgan.

Bazilarda futbol o'ynash qizlarga emas, degan qarash mavjud. SHundaylarga qanday javob berasiz?

- SHu sport bilan shug'ullanish qizlarga emasmi? Futbol ham qizlar sporti. Hamma o'zi xohlaganini tanlashga, xohlagan yo'ldan ketishga haqqi bor. Men futbolni tanlaganimga afsuslanmayman. Hozirgacha futbol bilan shug'ullanib kelaman va shu futbol ichida murabbiy bo'lib qolish niyatim bor. Men futbolni tanlaganim sababi, avvalambor, sog'lom turmush tarzi. Barcha yigit-u qizlar o'ziga yoqqan sport turini tanlash huquqi bor. Men 10 yoshligimda futbolni tanlaganman.        

Sizning faoliyatingiz bilan bog'liq bir jihat muxlislarni juda ham qiziqtiradi. Nega terma jamoada darvozabon, "Sevinch"da esa himoyachi sifatida o'ynaysiz?

- Men oyoq bilan yaxshi o'ynaganim uchun klub manfaati o'ylab himoyada o'ynashga rozi bo'lganman. Bizning jamoada Maftuna Jonimqulova bor, u ham yaxshi darvozabon.

O'zingizga qaysi poziciyada o'ynash qulay?

- Menga darvozada turish qulay, chunki yoshligimdan darvozada turib, shug'ullanib kelaman. 12 yildan buyon posbonman. 2 yil himoyachi bo'lib o'ynadim. Tajribam darvozabon sifatida ko'proq. Umid qilamanki, yaqin kunlarda himoyachilarimizda tajriba oshirgach, o'zimning sevimli darvozamga qaytish niyatim bor. 

Himoyada o'ynayotgan futbolchining muhim o'yinlarda terma jamoa darvozasini qo'riqlashi nimadan darak? Bizda kuchli golkiperlar shunchalik kammi?

- Yuqorida aytganimdek, klubimizda yosh qizlarning tajribasi kamligi sababli meni himoyaga quyishdi va men bunga  rozi bo'ldim. Terma jamoa masalasiga kelsak, bizda kuchli darvozabonlar ko'p. Ular,  "Metallurg" jamoasidan Boymatova Gulandon, "Sevinch"dan Jonimqulova Maftuna, "Bunyodkor"da tajribali darvozabonlarimizdan Olya  Qahhorova, "Paxtakor"nining o'sib kelyotgan yosh darvozaboni  Uzganova Nigora, "Sevinch"dan Nurullaeva Sevara.

Rostini ayting, jahonda ayollar futbolini kuzatasizmi? Ha bo'lsa, kumiringiz bo'lganmi jahon futbolidan?

- Ha, albatta,  kuzataman.  AQSH terma jamoasining o'yinchisi Aleks Morganni yoqtiraman. 13-raqamda o'ynaydi. Darvozabon bo'lishimga qaramasdan, o'yinlari menga yoqadi. Jahon chempionatda ishtirok etadi. Har doim gol urib keladi.

Futboldagi eng katta orzungiz nima?

- Osiyo kubogi va Jahon chempionatiga chiqish. SHu maqsadga erishish uchun harakat qilyapmiz. Bizdan keyingi yoshlar uchun ham sharoitlar yanada yaxshi bo'lishini xohlayman. O'zbekistonning ayollar futbolini jahonga tanitish bizning vazifamiz. Biz hech kimdan kam emasmiz va bu maqsad sari bor imkoniyatimizni ishga solib harakat qilamiz. 

Ayollar futbolini rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi kerak deb hisoblaysiz?

- Avvalo, ota-onalar qizlarini futbol bilan shug'ullanishiga ruxsat berishlari kerak. O'yinchilar sonini ko'paytirish kerak. 100-150 ta odam bilan futbol rivojlanishi qiyin. Futbolchilar soni ko'p bo'lsa, raqobat ham ortadi. Malakali murabbiylar kerak. Ularniing soni hozir 8-9 ta. Hech bo'lmasa yana 20-30 taga ko'payishi kerak. Bu ayollar  futbolining rivojlanishiga turtki bo'ladi. SHuningdek, musobaqalarni ko'paytirish kerak. Misol uchun, endi boshlanayotgan CHempionlar Ligasi 10 yil oldin boshlanganida, hozirgi qizlarda o'sish bo'lardi. SHu masalalar ko'rib chiqilsa, albatta, ayollar futboli ham erkaklar bilan raqobatlashadigan darajada rivojlanadi.

Ayni paytda to'lanadigan maoshdan ko'nglingiz to'ladimi?

- Ha, albatta.  Maoshim o'zimga etarli, qoniqtiradi. Eng avvalo, men o'zim yaxshi ko'rgan sohamda ishlayapman. Bu narsa katta baxt. Lekin, yanada ko'proq bo'lsa, yo'q demasdim (kuladi).

"Qo'qon-1912" necha yildan beri "Paxtakor"ni engolmayapti?

Muallif :
Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика