So’nggi yangiliklar

20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 20:20Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 2:0 (матнли трансляция)  11 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0

Terma jamoamiz bosh shifokori: "Otabek SHukurovning jarohati jiddiy, lekin tez orada safga qaytishiga umid qilamiz" Yangiliklar

Terma jamoamiz bosh shifokori: "Otabek SHukurovning jarohati jiddiy, lekin tez orada safga qaytishiga umid qilamiz"

Bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek SHukurov Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olganidan muxlislarning xabari bor.

"Otabek SHukurov bugun Xitoyga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni erta tark etishga majbur bo'ldi. Biz maydonning o'zida Otabekka birinchi yordamni ko'rsatdik. Keyin uni mahalliy shifoxonaga olib bordik. Tekshiruvlar natijasida Otabekning boldir suyagi pastidan singani aniq bo'ldi. Ammo suyak joydan siljimigan. Bu juda muhim. Qolaversa, sinish ko'ndalang emas. Bunday hollarda futbolchining jarohatdan tiklanishi osonroq bo'ladi. Tekshiruvlar natijasidan keyin shunday xulosaga keldik: bunday holatda futbolchi yo operaciya qilinishi kerak yoki oyoqning singan joyi fiksaciya, yani gips qilinib, davolanishi zarur. Operaciya qilingan taqdirda, jarohatning bitishi tezroq bo'ladi.

Ammo Otabek SHukurov "SHarja" klubi azosi bo'lganligi sababli bu holda klub shifokorlari bilan maslahatlashish talaba etilardi. Biz BAA klubi bilan aloqaga chiqdik. Ular Otabekning oyog'ini gips qilgan holda, Dubayga olib borishni maslahat berishdi. Klub shifokorlari Dubayda futbolchini yana bir bor tekshiruvdan o'tkazishadi. Keyin davolanish bo'yicha eng maqul variantni o'zlari futbolchi bilan kelishgan holda amalga oshirishadi. SHu sababli SHukurovning oyog'i gips qilindi. Ertaga u BAAga uchib boradi va u erda davolanishni davom ettiradi. Bunday jarohatlar odatda ikki oy ichida tiklanadi. Otabek SHukurovga tezroq sog'ayib ketishini tilab qolamiz", - dedi Abror Pirriev.

Yomon xabar. Otabek SHukurov kamida ikki oyga safdan chiqdi

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика