Ter SHtegen: "Serxio Ramosning o'yin oxirida urgan golini uzoq vaqt hazm qila olmaganman"
22 dek 2017 11:15
Yangiliklar
Ter SHtegen: "Serxio Ramosning o'yin oxirida urgan golini uzoq vaqt hazm qila olmaganman"
"Real"ga qarshi LaLiganing 17-tur uchrashuvi oldidan "Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen u uchun yoqimsiz bo'lgan voqeani esladi.
"Ko'k-anorranglilar" o'tgan mavsum 14-turda "qaymoqranglilar"ni qabul qilishgan. Mezbonlar 1:0 hisobida oldinda edi, ammo bahs oxirida Serxio Ramos nemis posboni darvozasini ishg'ol qilib, o'z jamoasiga ochko olib bergan.
"Real" futbolchilari urgan gol boshqa jamoa vakillarining gollari kabi og'riqli. Ammo men ko'p o'ylagan zarba haqida gapiradigan bo'lsak, Ramosning 89-daqiqadagi golini alohida takidlagan bo'lardim. O'sha voqeani uzoq vaqt hazm qila olmaganman" - deydi ter SHtegen.
"Real" - "Barselona" uchrashuvi 23 dekabr kuni "Qirollik klubi" maydonida bo'lib o'tadi.
Fikrlar