Ten Xag: "Reshfordga doimo yuzida tabassum bo'lishini aytganman"
02 okt 2022 17:35
Yangiliklar
Ten Xag: "Reshfordga doimo yuzida tabassum bo'lishini aytganman"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag hujumchi Markus Reshfordni maqtab o'tdi.
"Uning iqtidorli ekanligi yaqqol ko'ringandi. U bilan birga ishlayotganimdan mamnunman. Bu erga kelgunimcha ham uning jamoaga tasiri qanday ekanligini bilardim. Uning potenciali katta. Bu o'yinlar davomida ham ko'rinib turadi. Markus anchagina kuchaydi, doimo pozitivlik kayfiyatida. SHu sababli uning nimalarga qodirligini ko'rish uchun yana kutish kerak.
Unga: "Doimo yuzingda tabassum bo'lishini istayman", deb aytganman. Har kuni yaxshi mashg'ulotlar qilyapmiz, qolgani esa futbolchining o'ziga bog'liq. Futbolchi o'z mashg'ulotidan lazzat olyaptimi, demak, u maksimal darajada ishlamoqda", - dedi ten Xag.
Ushbu mavsumda Reshford MYU tarkibida 6 o'yinda 3 gol va 2 assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" голи инобатга олинмаган "Бухоро"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Эксперт ҳакамлар гуруҳи "Пахтакор" ва "Бухоро" учрашувидаги баҳсли вазият юзасидан хулоса берди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Fikrlar