Ten Xag: "Bizda faqat 11 nafar futbolchi emas, butun boshli jamoa bor"
17 mar 2023 08:03
Yangiliklar
Ten Xag: "Bizda faqat 11 nafar futbolchi emas, butun boshli jamoa bor"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag jamoasi bilan Evropa ligasi chorak finaliga yo'l olganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Inglizlar 1/8 finalda "Betis"ni 4:1 va 1:0 hisoblarida mag'lub etishdi.
"Men xursandman, "Betis" juda yaxshi jamoa, biz ularning "Real" va "Barselona"ga qarshi o'yinlarini ko'rdik. Ammo biz ularni ikki marta mag'lub etdik, shuning uchun biz juda yaxshi o'ynadik deya olaman. Ikkinchi taymda biz yaxshiroq to'p nazoratiga ega bo'ldik, to'pni o'zimi tomonda ushlab, vaziyatlar yaratdik.
Barcha futbolchilar yaxshi o'ynashdi. Bizdagi barcha futbolchilar ishlarini yaxshi bajarib, yaxshi natijalar ko'rsatishmoqda. Bizda faqat 11 nafar futbolchi emas, butun boshli jamoa bor", - dedi Ten Xag.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
Суперлига. Чемпионлик учун курашаётган "Насаф" ўз майдонида "Машъал"га мағлуб бўлди
ЖЧ U-17. Ўзбекистон Ирландияга имкониятни бой берди
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar