So’nggi yangiliklar

08:20Sofascore. "Истанбул Башакшехир" йирик ҳисобда мағлуб бўлган баҳсда Шомуродов неча баҳо олди?  0 07:53Sofascore. "Манчестер Сити" дуранг ўйнаган баҳсда Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:25Ўзбекистон Суперкубоги. Бугун Ўзбек "Эл Классико"си бўлиб ўтади  3 04:25Ла Лига. "Реал Мадрид" - "Эльче" 4:1. Арда Гюлер 70 метрдан гол урди  7 04:05АПЛ. "Вест Хэм" — "Манчестер Сити" 1:1  1 03:05Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Эльче"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  14 02:55АПЛ. "Манчестер Сити" Лондонда "Вест Хэм" билан дуранг ўйнаб, "Арсенал"нинг чемпионлиги учун яхши имконият яратди  24 02:51А Серия. "Интер" ўз уйида "Аталанта"ни мағлуб эта олмади, "Наполи" ва "Ювентус"да ғалаба  3 02:25Саудия Арабистони Про лигаси. Сенсация қайд этилмади, "Ал Ҳилол", "Ал Насср" ва "Ал Шабаб"да ғалаба  0 01:22"Нефтчи"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 00:31АПЛ. "Арсенал" ўз уйида очко йўқотишига бир баҳя қолди, "Челси" эса Лондонда "Ньюкасл"га мағлуб бўлди  24 00:11"Пахтакор"нинг "Бобур арена"даги машғулотларидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 23:57Туркия Суперлигаси. Ўн киши бўлиб қолган “Истанбул Башакшехир” меҳмонда “Галатасарой”га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Шомуродов 70 дақиқа ўйнади  22 23:55Ўзбекистон Суперкубоги ҳакамлари: рекорд Ирматовда, Тўхтасинов саккизинчи бўлди  3 23:45"Вест Хэм" — "Манчестер Сити". Таркиблар маълум  8

Temurxo'ja Abduxoliqov. "Andijon", Hamza Karimov va muxlislar haqida... Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov. "Andijon", Hamza Karimov va muxlislar haqida...

Bugun "SA" mehmoni bo'lgan Temurxo'ja Abduxoliqov o'zining kelajak rejalari va yakuniga etgan mavsum borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Fursatdan foydalanib, hujumchiga sayt o'quvchilari ham o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi.

Muxiddinov:
- Sizningcha O'zbekiston chempionatida muxlislar soni nima uchun tushib ketdi?

-  Avvalo o'yinga bo'lgan qiziqish yo'qolib ketyapti. Undan keyin vodiy jamoalarining o'yini chiqmayotgani sabab bo'lyapti. Sababi oliy liga tomoshabinlarining ko'rsatkichi vodiy orqali o'sishga erishardi. “Andijon”ning oliy ligadan chiqib ketgani, “Navbahor”ning autsayderlar qatoriga tushib qolishi ham bunga sabab. Yana bir narsani o'zim futbolchi sifatida tan olaman, chempionatimizda muxlis tomosha qiladigan futbolchi qolmadi.

Manchester.Utd:
- Yoshni o'zgartirish hamma erda bor. Sizga ham shunday taklif bo'lganmi?

- Bunday taklif bo'lgan.  Ammo vijdonan qarshi chiqqanman.
P.S: Bu haqda intervyuda batafsil malumotga ega bo'lasiz.

Umid:
- "Paxtakor"ning ko'plab yosh futbolchilari terma jamoalarimizda to'p tepadilar. Musobaqalardan so'ng ularga skautlar "chiqishadi". Keyin esa jim bo'lib ketishadi. Eshitishimizcha, klub rahbariyati beshta barmog'ini "og'ziga tiqadi". SHu gaplar rostmi?

- Avvalo yaxshi o'yinchi uchun jamoa pul ayamaydi. Besh barmog'ini og'ziga tiqishiga qo'shilmayman. O'z ustida ishlagan futbolchi istedodli bo'lsa uni har qanday vaziyatda ham olib ketishadi. Siz nazarda tutayotgan saviyadagi futbolchilar ularning o'zida etarlicha topiladi. Evropada jamoalar haqiqatdan ham kuchli bo'lgan o'yinchini safiga chorlaydi. Keyinchalik jim bo'lib ketishining sababi ham bor. Evropa bitta musobaqadan kelib chiqib transferga qo'l urmaydi. Futbolchini 2-3 yil kuzatadi. Bu paytda esa biznikilar o'sishdan to'xtab qolishyapti.

FCNASAF:
- Qarshida bo'lib o'tgan o'yinning tanaffusida nima bo'lgandi?

- “Nasaf” bilan o'yinda tanaffusga chiqib ketayotganda Hamza Karimov ikkimiz qizishib ketdik. Menda ham ayb bor. Avvalo bu vaziyat uchun Hamza aka va muxlislardan uzr so'rayman. Bunday bo'lishini istamagandik. Lekin bir narsaga oydinlik kiritib o'tay, biz gaplashib turganimizda ikki jamoa futbolchilari urishyapmiz deb o'ylab o'zaror urishib ketdilar. Aslida esa Hamza aka bilan gap talashayotgandik. Bo'lib o'tgan ishlar uchun ikki jamoa muxlislaridan yana bir bor uzr so'rayman.

Al.Amin:
- Salom, Temurxo'ja! Siz andijonliksiz, agar "Andijon" jamoasidan taklif tushsa, uni qabul qilarmidingiz?

- Aslida futbolchi o'z oldiga yuksak maqsadlarni qo'ygan jamoalarda to'p tepgisi keladi. Aslida ham shunday bo'lishi kerak. Andijonliklarni bu yil oliy ligaga qaytgani bilan tabriklayman. Yuqorida takidlab o'tganimdek, o'zbek futbolida vodiyning o'rni katta. Hech qachon, hech qachon dema atamasi bor, balki.... O'zim asli toshkentlikman.

@Yahyojon:
- Qaysi yarim himoyachilarga havas qilasiz?

- O'zbekiston chempionatida to'p tepayotganlardan Lutfulla To'raev, legionerlardan esa Odil Ahmedov. Xorij futbolida Zidanga ishqibozlik qilardim. Ronaldu va Messi kabi futbolchilarning o'yiniga barchamiz havas qilsak kerak.

Aksar savollar juma kuni chiqadigan intervyu jarayonida berilganligi bois yuqorida tanlangan savollarga javoblar ko'rsatilgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика