Temurxo'ja Abduxoliqov: "10 kun davolandim, hozir ancha yaxshiman"
19 mar 2014 11:54
Yangiliklar


Temurxo'ja Abduxoliqov: "10 kun davolandim, hozir ancha yaxshiman"
Xorvatiya oliy ligasining "Xayduk" klubi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Temurxo'ja Abduxoliqov klubi ishtirokidagi oxirgi ikki o'yinni o'tkazib yubordi.
Buning sababini bilish maqsadida futbolchi bilan bog'landik: "Tomog'im og'rib 10 kun davolandim, mashg'ulotlarni o'tkazib yubordim. Faqatgina o'tgan hafta juma kuni yakka tartibda mashqlarni boshladim. SHu bois yakshanba kungi "Osiek"ka qarshi safardagi bahsni o'tkazib yubordim. Hozir o'zimni yaxshi his qilayapman. 22 mart kuni o'z maydonimizda peshqadam Zagrebning "Dinamo" klubiga qarshi o'yin bo'lib o'tadi. Bu uchrashuvda ishtirok etishga harakat qilaman", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov "SA"ga bergan intervyusida.

Fikrlar