So’nggi yangiliklar

17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  0 17:35Суперлига. ОКМК - "Бунёдкор". Таркиблар маълум  1 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  2 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  0 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  1 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  1 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  9 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0 13:45Роналду паделга 5 миллион евро сармоя киритди  0 13:18"Қайрат"нинг 18 ёшли посбони Касильясни ортда қолдирди  0 12:50Моуринью "Бенфика" қароргоҳига қора Ferrari'да келди  2 12:22Симон Миньоле Чемпионлар Лигаси тарихига кирди  1 11:53Мессининг "Интер Майами"даги келажаги маълум  0

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Tug'ilgan kunim emas, gol haqida o'yladim" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: "Tug'ilgan kunim emas, gol haqida o'yladim"

"Lokomotiv" hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov Bekoboddagi durangdan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Avvalo, bugungi tug'ilgan kuningiz bilan tabriklaymiz, "Lokomotiv" tarkibida yanada ko'plab gollar urishingizni tilab qolamiz. "Metallurg" kuchli jamoa, bugun raqiblarning himoyasiga qarshi o'ynash qanchalik qiyin bo'ldi?

- Tabrik uchun rahmat. "Metallurg" kuchli jamoa bo'lsa ham ularga qarshi o'ynash og'ir demagan bo'lardim. Bu erda o'ziga ishonch faktori muhim rol o'ynaydi. SHuningdek, vaziyatlardan doimo unumli foydalanmoq darkor. Biz esa kuchga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limda esa ularga tashabbusni topshirib qo'ydik. "Metallurg" biz bilan hujumkor o'ynay olishini tushundi va shu sababli men ham ko'proq himoyachilarga yordam berib turdim.

- Keling, urilgan birinchi gol haqida gapirsangiz. O'sha pallada siz to'pni Kaxi Maxaradzega oshirgandingiz. O'shanda o'zingizda ham zarba berishga ishtiyoq bormidi?

- Yo'q, u erda himoyachilar mening oldimga etib kelishgandi. Agarda to'pni Kaxiga tezroq oshirmasam, vaziyat qiyinlashib ketardi.  O'z navbatida Maxaradze ham juda qulay nuqtaga ochilib kelayotgandi. Quvonarlisi, barchasi o'ylaganimdek bo'lib chiqdi.

- Futbolda futbolchilar tug'ilgan kunida gol urishi kerak degan kichik qoida bor. O'yindan oldin siz ham shu haqida o'ylab ko'rganmidingiz?

- To'g'risini aytganda, g'alaba haqida o'yladim, tug'ilgan kunim esa ikkinchi masala edi. Biz yomon bo'lmagan temp namoyish qildik. Ochkolar qo'lga kirityapmiz. Bu men uchun asosiysi. Hali ushbu egallab turgan o'rnimizdan yuqoriroq bo'lamiz. Barchasi o'z qo'limizda. Har bir uchrashuvda o'zimizni ko'rsatib, maksimal ochkolar orqali yuqoriroqqa ko'tarilishimiz kerak.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика