So’nggi yangiliklar

14:53Ҳоланд, Нету, Винисиус Европанинг энг тезкор футболчилари қаторидан жой олди  1 14:25Мбаппе Упамеканони "Реал"да кўришни хоҳлайди  1 13:58"Челси" собиқ футболчиси юрак муаммолари туфайли касалхонага ётқизилди  0 13:32Ўзбекистон – Миср учрашуви дуранг билан якун топса, экстра таймларга мурожаат қилинадими?  1 13:05Ўзбекистон МТЖ иштирокидаги мусобақа ТВда кўрсатиладими?  6 12:41Лапорта Флик шартномани узайтиришига ишонади  0 12:37U-17 Жаҳон чемпионати. Интизомли, мустаҳкам ва самарали жамоа — Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби ҳақида  4 12:13"Барселона" афсонаси молиявий фирибгарликда гумон қилинмоқда  2 11:47Мбаппе мамлакатини ўзгартириши мумкин: Жазоир юлдузни жалб қилишга тайёр  3 11:19Бир ўйин тарихи. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Жаҳон чемпионатида Хорватияни қандай енгганди?  3 11:15Қайтиш яқинми? Клопп дунёнинг энг кучли жамоаларидан бирини бошқариши мумкин  3 10:50Евро-2028. Очилиш ва финал учрашувларига мезбонлик қиладиган стадионлар маълум  3 10:24Флик Мессини "Барселона"га қайтишига қарши  5 09:56"Реал"нинг асосий футболчиларидан бири терма жамоаси сафида жароҳат олди  0 09:28VI Ислом Бирдамлик ўйинларида бронза медалини қўлга киритган футзал терма жамоамиз тантанали тарзда кутиб олинди  1

Temurxo'ja Abduxoliqov keladimi yoxud "Nasaf"da yangiliklar bo'ladi - Ro'ziqul Berdiev Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov keladimi yoxud "Nasaf"da yangiliklar bo'ladi - Ro'ziqul Berdiev

O'zbekistonning 2021 yildagi "eng yaxshi murabbiyi" Ro'ziqul Berdiev taqdirlash marosimidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bilasizlar kubok musobaqasida g'olib chiqmaganimizga ancha bo'lgandi. Asosiy maqsadimiz muxlislarga qanday bo'lsa ham sovrin yutib berish edi. Buni amalga oshirganimizdan xursandman",- deydi Ro'ziqul Berdiev. 

- "Nasaf"ning keyingi yilgi rejalari...

- Bosh rejamiz yoshlarga etibor qaratish. Bu yo'ldan qaytmaymiz.  Bundan tashqari mavsumni yaxshi yakunlash va o'rinlar uchun kurashish. 

- Klub Temurxo'ja Abduxoliqovga qiziqayotgani rostmi?

- Albatta. Bizga tajribali xujumchilar kerak. CHunki oldimizda xalqaro musobaqalar bor. Hozirda bor etiborimiz kuchli futbolchilarni taklif qilishga qaratilgan. 

- Jamoaning muxlislari bu yildan keyin yanada ko'p sovrinlar kutishadi. Balki kutilmagan sovg'alar bordir?

- Har doim o'yinimizni shakllantirishimiz kerak. OCHLda muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz. Yangiliklar esa albatta bo'ladi. 

- O'zbekistonning "eng yaxshi murabbiyi" bo'lish uchun yana kimni munosib, deya olasiz?

- Masalan "So'g'diyona" bu yil yaxshi natijalar qayd etdi. Bunda Ulug'bek Baqoevning hissasi katta. SHuningdek Piter Xyuistra "Paxtakor"ni chempion qilishdan tashqari yoshlarga etibor qaratgani taxsinga loyiq.


Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика