Temur Tolipovdan geksa-trik
07 sen 2014 13:00
Yangiliklar

Temur Tolipovdan geksa-trik
4 sentyabr kuni birinchi liganing ikkinchi bosqich, 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda Toshkentning "Paxtakor-2" jamoasi "G'allakor-Avtomobilchi"ni qabul qilib yirik hisobda g'alaba qozondi.
7:3 natijasi bilan muvaffaqiyat qozongan yosh "paxtakorchilar" bu bilan mavsumdagi yirik g'alabasini tantana qildi.
Mazkur uchrashuvda etiborga molik jihati yana shu bo'ldiki, o'yin mezbonlar vakili Temur Tolipovning benefisiga aylanib ketdi. "Paxtakor-2"ning iqtidorli hujumchisi shu kuni raqib darvozasiga naqd 6ta (!) to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Aytish mumkinki, oxirgi 3 yildan buyon bitta o'yinda 6ta gol urgan futbolchi birinchi ligada uchramayotgandi. "G'allakor-Avtomobilchi" bilan o'yinda geksa-trik qayd etgan Tolipovning ko'rsatkichini yaqin orada kim yangilashini vaqt ko'rsatadi.

Fikrlar