So’nggi yangiliklar

01:30Жон Терри Чемпионшип жамоасини бошқариши мумкин  0 00:49"Goal" мавсумнинг биринчи қисми рамзий термасини тузди  1 00:31Саудия Арабистони. "Ал Ҳилол" ғалабага эришди, "Ал Аҳли" мағлуб бўлди  0 00:17Марсело: "Мен Роналдудек бўлмаганман. Доимо ҳаётдан завқ олганман"  3 23:54АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Ньюкасл" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:45Пеп Гвардиола: "Барчадан 10 очко олдинда бўлишни истардим"  5 23:22ПСЖ ва Франция термаси собиқ мураббийи вафот этди  0 22:55Расман: Муҳаммадазиз Иброҳимов — "Қизилқум" футболчиси!  1 22:36Жибриль Сиссе: "Аргентина термасини кўра олмаяпман"  3 22:16Расман: Одил Абдумажидов - “Андижон” футболчиси  7 21:49Расман: "Шўртан" "Арал" посбонини ўз таркибига қўшиб олди  1 21:35Генрих Мхитарян финалда ПСЖдан учралган мағлубият ҳақида Киву нима деганини айтди?  0 21:08Расман: "Шўртан" Шайкуловни сафига қўшиб олди  1 20:53Рубен Аморим: "У МЮнинг келажаги"  0 20:37Давид Луис Конте ҳақида: "У билан доим жанжаллашардик"  0

Temur Kapadze: "Maydonda ruhiy holatning ham tasiri bor" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Maydonda ruhiy holatning ham tasiri bor"

Coca-Cola Superligasining 24-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.



O'yin haqida

- G'alaba bilan jamoani tabriklayman. Bugun yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Oxirgi 5-10 daqiqani inobatga olmasa, hammasi yaxshi edi. Yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Kamchiliklar bor, o'z ustimizda ishlashda davom etamiz.

- Bugun "Metallurg" ikkita golni ham o'z xatolari evaziga o'tkazib yubordi. Vaziyatlar ko'p bo'ldi, lekin foydalanish samaradorligi kam bo'ldi. Bu haqda fikringiz qanday?

- Bu bugungi holat emas. Albatta, mahorat va tajriba muhim. Bu kabi xolatlar ustida ko'p ishlayapmiz. Maydonda ruhiy holatning ham tasiri bor. 

- Superligada "Olimpik"ning ishtirokidan ko'nglingiz to'layaptimi?

- Albatta ko'nglim to'ldi. Biz hozir Superligada o'ynayapmiz. Kuchli jamoalar jam bo'lgan chempionat. Har bir o'yin bizga foydali bo'ldi. Tajriba tomonidan, futbolchilarning o'sishi tomonidan foydali mavsum bo'ldi deb o'ylayman. Ko'p durang qayd etdik. Yutqazganimiz biz uchun yutuq. O'sha durang qayd etilgan o'yinlarda ham 50 foiz g'alabaga haqliroq edik. Natijadan ko'ra shu yigitlarning qanchalik o'sganligi muhim.

- "Metallurg" qizil olganidan so'ng aksincha yaxshiroq o'yin ko'rsatdi. Oxirgi 7-8 daqiqa davomida raqib kuchli futbol namoyish etdi...

- Biz shoshilishni boshladik. Aksincha, bunday xolatda yanada ko'proq vaziyat yaratish mumkin edi. Bu borada ishlaymiz. "Metallurg" natijaga qaramasdan tavakkal qilib oldinga o'tdi. Bu bizga tajriba bo'ladi.

- Muhammadali G'iyosovning o'yini haqida...

- Bugun u yaxshi o'ynadi. Penalti ishladi, gol urdi. Ikkinchi golda ham zo'r harakat qildi. Uning uchun xursandman. SHunday davom etsa asosiy tarkibdagi o'rnini mustahkamlaydi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика