So’nggi yangiliklar

19:00Суперлига. "Андижон" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  4 18:56Суперлига. "Шўртан" - "Хоразм". Таркиблар маълум  1 18:40Моуринью "Реал" футболчисини нишонга олди  0 17:37Дарвозаларга 4 та гол урилган, футбол шоуга айланган, "Динамо" ғалабани бой берган учрашувдан галерея  0 17:10Икки клуби "Ман Сити" хавбекига кўз тиккан  0 16:44Азизбек Тўлқинбеков: "Нефтчи" кучли эди, лекин бизда ирода ва иштиёқ устунлик қилди"  0 16:21"Арсенал" Жакени ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 15:55Амир Тўрақулов: "Жамоа бўлиб ҳаракат қилдик ва шу туфайли ғалабага эриша олдик"  0 15:12"Бунёдкор" "Нефтчи"ни Фарғонада мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 14:32"Реал" испаниялик ярим ҳимоячисини 10 миллионга сотишга қарор қилди  0 14:01Сульшер "Бешиктош"дан кетган тақдирда, унинг ўрнига ким келиши мумкинлиги маълум  1 13:36Муҳим голлар панорамаси: Сардор Абдунабиев яна "Нефтчи"ни жазолади  3 13:03"Лос-Анжелес" Сонга йилига 20 млн доллар таклиф қилди. МЛСда фақат Месси кўпроқ маош олади - 20,45 млн  1 12:35Бруну Фернандеш "Манчестер Юнайтед"да қолади  0 12:08ПСЖ 68 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4

Temur Hakimov: "Menimcha 2 oydan keyin maydonga qaytsam kerak" Yangiliklar

Temur Hakimov: "Menimcha 2 oydan keyin maydonga qaytsam kerak"

Teglar :  Temur Hakimov
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Temur Hakimov kuni kecha Moskvada operaciya qilindi. Hujumchi bilan bog'lanib uning ahvoli bilan qiziqdik.

- Bu jarohatni qachon olgan edingiz?
- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Dubaydagi yig'inda olgandim. Biroq og'riqlarga chidab o'ynab yurgandim.

- Nega aynan Moskvada operaciya qildirishga qaror qildingiz?

- Aslida Germaniyaga bormoqchi edim. Biroq Dilshod Rahmatullaev va Otabek Haydarov kabi futbolchilar menga Moskvani tavsiya qilishdi. Operaciyani o'tkazishda "Oq-tepa" jamoasi rahbari G'anisher SHog'ulomov hamda "Oq-tepa" jamoasi boshlig'i Vladimir Gavrilov moliyaviy tomondan yordam berishdi. SHu insonlar barcha sarf-xarajatlarni ko'tarishdi. Ularga chuqur minnatdorchiligimmi bildiraman.

- Operaciya qanday o'tdi?

- Yaxshi bo'ldi barchasi. 2 soatdan ortiqroq operaciya qilishdi. Hozir ancha yaxshiman va yurishni ham boshladim.

- Hozir ahvolingiz qanday?

- Aytganimdek barchasi yaxshi. O'zimni yaxshi his qilayapman, og'riqlar asta sekin kamaymoqda.

- Tiklanish jarayoni qancha oyni talab qiladi?

- Menimcha 2 oydan keyin umumiy guruhda shug'ullansam kerak.

- Temur Hakimov mavsumning birinchi qismini o'tkazib yuboradimi?

- Yo'q. Agar tiklanish jarayoni yaxshi kechsa dastlabki 4ta turdan so'ng maydonga tushishga tayyor bo'laman. Umid qilamanki birinchi davrada o'ynayman.

- Ayni paytda erkin agentsiz. Mavsumni qaysi klubda boshlaysiz?

- Hozircha mavsumni qaysi jamoada boshlashim nomalum.

- Faoliyatingizni qaysi jamoada davom ettirishingizga qachon oydinlik kiritasiz?

- Toshkentga borishim bilan.

- Moskvadan qachon qaytasiz?

- Xudo xohlasa 5 fevral, yakshanba kuni Toshkentda bo'laman.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика