So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

"Temir odam" "Turon"da o'ynayapti Yangiliklar

"Temir odam" "Turon"da o'ynayapti

Futbolchining mehnati muxlislarga har hafta o'tadigan 90 daqiqalik o'yindangina iborat bo'lib tuyuladi.

Raqib qarshisiga chiqqunga qadar olinadigan yuklamalar, jamoviy va indvidual mashg'ulotda to'kiladigan ter oddiy ishqiboz nazaridan chetda qoladi. Ammo buning uchun katta kuch sarflanishini unutmaslik kerak. SHu tufayli uzoq davom etadigan davraviy musobaqalarda to'liq o'ynash barchaga ham nasib qilavermaydi. Kimgadir jarohatlar pand bersa, kimning jismoniy holati charchoq oldida ojiz qoladi. Ammo kam bo'lsa ham, bu vazifani muvaffaqiyat bilan uddalaydigan futbolchilar yo'q emas. Keling, Superliganing joriy mavsumidagi barcha o'yinlarda forma kiyayotgan o'yinchilar haqida so'z yuritamiz.

Yusupov va Nesterov

Garchi darvozabonlar uchun mavsumni to'liq maydonda o'tkazish nisbatan qulay bo'lsa-da, 21 turdan keyin faqat 2 posbonda bunday imkoniyat qoldi: "Navbahor" posboni O'tkirbek Yusupov va afsonaviy Ignatiy Nesterov ("Qizilqum").

38 yoshli Nesterov 21 o'yinda 18 marta o'z darvozasidan to'p olib chiqishga majbur bo'lgan, undagi "quruq o'yin"lar qatoriga 7 raqami tushirilgan.

Ayni paytda terma jamoa ixtiyorida bo'lib turgan Yusupov esa 21 bahsda 14 gol o'tkazgani holda 10 o'yinda darvozasining dahlsizligini taminlagan.

Abdulla Abdullaev

"Bunyodkor" himoyachisi ham terma jamoa yig'inida ishtirok etyapti.

Joriy mavsum Superliganing barcha bahslarini asosiy tarkibda boshlagan 24 yoshli futbolchi faqat 1 bor zaxiraga olingan (12-tur, "Surxon" bilan o'yin). Abdulla 5:1 hisobida "qaldirg'ochlar" foydasiga hal bo'lgan o'yinning 86-daqiqasida almashtirilgan edi.

Farrux Sayfiev

"Paxtakor" himoyachisi o'z ampluasida yurtimizning eng kuchli futbolchisi hisoblanadi. Ayni paytda "Paxtakor" safida eng ko'p o'yin amaliyoti olayotgan ham u.

Xyuistra barcha o'yinlarni asosiy tarkibda boshlagan 30 yoshli futbolchini zaxiraga olishga olishga faqat 2 bor jazm qila oldi.

Luka CHermel

"So'g'diyona" 2021 yilning eng jangovar jamoasi ekani haqida bir necha bor gapirdik. Ulug'bek Baqoev shogirdlari orasida faqat 1 kishi barcha "jang"larni ilk daqiqalardan boshladi.

26 yoshli serbiyalik futbolchi faqat 1 o'yinda zaxiraga olingan. U 3-turdagi "Qizilqum" bilan o'yinning 22-daqiqasida jarohatga yo'liqqani tufayli almashtirilgan edi.

"Temir odam"

Yuqorida darvozabonlardan keyin to'xtalgan 3 futbolchimiz 1 o'yinda bo'lsa ham, zaxiraga olingani to'g'risida malumot berdik. Superliganing joriy mavsumida faqat 1 futbolchi barcha uchrashuvlarda to'liq o'ynab kelmoqda. Bu "Turon" himoyachisi Dayan Ponevich hisoblanadi.

To'liq mavsum o'tkazish darvozabonlar uchun nisbatan osonligini inobatga olib, yil yakunida "Temir odam" nominaciyasini aynan Ponevichga bersak kerak. Buning uchun Dayan charchoqlarga "dayanib" (turkcha "chidab") oldinda turgan 5 turda ham to'liq o'ynashi kerak bo'ladi.

Malumot uchun, o'tgan mavsumda faqat bir kishi barcha o'yinlarda to'liq harakatlangan edi — "Qizilqum" futbolchisi Oleg Tolmasov. 2019 yilda esa Umar Eshmurodov ("Nasaf") va Anzur Ismoilov ("Paxtakor") yuqori barqarorlik ko'rsatgan.

Top-11. Katanecdan chaqiruv olmagan futbolchilar

Muallif :
Reyting: -14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика