So’nggi yangiliklar

15:42"Барселона" Ла Лиганинг 1-турида энг ёш таркибни майдонга туширди. Иккинчи ўринда...  0 15:39"Насаф" ҳимоячиси "Шўртан"га қарши ўйинда майдондан четлатилиши лозим эди. Суперлиганинг 19-турида ҳакамлик таҳлили  0 15:10Opta суперкомпьютери: Бундеслигада сенсация бўлмайди  0 14:46Месси яна терма жамоага чақирилди, Файзуллаев энди ўйнай олади, Роналду финалга чиқди - 19 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада  0 14:29Қирғиз Республикаси терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  2 14:16Лутфулла Тўраев "Бунёдкор"га қайтди  5 13:52"Жиззахда Абрамов, Ғузорда Лушчан жамоасининг имконияти юқори" — Павел Соломин   3 13:2944 ёшли дарвозабон жаҳон рекордини янгилади  1 12:46"Осасуна" мураббийи "Реал"га қарши баҳсдаги четлатиш ҳақида: "Бу мен учун қизил карточка эмас"  15 12:35Ўмон терма жамоаси CAFA турнири учун таркибини эълон қилди  2 12:08Собиқ ҳакам: "Мбаппе билан боғлиқ вазиятда пенальти йўқ эди"  23 11:36"Навбаҳор" охирги маротаба Ғузорда қачон ғалаба қозонган?  5 10:50Гвардиола келажаги ҳақида фикр билдирди  7 10:21ПСЖ ва "Атлетико" япониялик футболчи учун курашмоқда  1 09:52"Тоттенхэм" Англия терма жамоаси аъзосининг транферини якунлади  3

Tekinga ishlayotgan murabbiy haqida Yangiliklar

Tekinga ishlayotgan murabbiy haqida

Apennin yarim orolida o'ziga xos hayotiy principlarga ega futbol murabbiyi faoliyat ko'rsatmoqda.

Silvio Baldini – ko'pchilikka notanish, bilganlarning ham yodidan ko'tarilib ulgurgan murabbiylardan biri hisoblanadi. Oxirgi 15 yil davomida u to'rt bor A Seriyaga qaytdi: "Empoli" bilan (hujumda Tommazo Rokki va Toto Di Natale o'ynardi) 2002 yilda, "Parma" bilan 2004 yilda, 2005 yil "Lechche" va 2007 yili "Katanya" bilan.

"Katanya"da murabbiyning "ketmoni uchmadi" va natijalar maqtanishga arzigulik emasdi – Baldini mavsum yakuniga etmay istefoga chiqarildi. SHunga shxshash kartina Lechche va Parmada ham yuz bergandi.

2017 yildan Silvio S Seriya vakili "Karrareze" bosh murabbiyi hisoblanadi. Etiborli jihati shundaki, Silvio mehnati uchun umuman maosh olmaydi. Bugunga kelib, "Karrareze" musobaqa peshqadami bo'lib turibdi. Jamoa natijalarida Massimo Makkarone va Franchesko Tavano muhim rol o'ynashmoqda.


"Men o'zim sevgan ish bilan mashg'ulman. Hech kim kelib asabimga tegmaydi, qanday qilib bunday gol qo'yvorganimiz yoki falonchi futbolchini nega maydonga tushirmaganim borasida tergamaydi. Foydasiz, faqat munosabatlar yomonlashishi va asab tolalari uzilishiga sabab bo'luvchi savollar yo'q.

Men homiylarga, menga oylik to'layotgan, jamoaga pul berayotgan odamga hech nimani tushuntirishga, hisobot berishga majbur emasman. CHunki hech kim menga maosh to'lamaydi. Futbolga investiciya kiritayotgan ishbilarmon bilan til topishish mushkul vazifa. Hech qachon jamoasi bosh murabbiyini erkin qo'yib qo'ygan, uning ishiga umuman aralashmaydigan prezidentni ko'rmaganman.  

Hayotta sen yo g'alaba qozonasan, yo nimanidir o'rganib olasan. Faqat g'alaba yoki mag'lubiyat bor, boshqa variant yo'q deydiganlar, ertami-kechmi qattiq adashayotganlarini tushunib etadilar. Bir marta beriluvchi hayoting o'tib borar ekan, kundan-kunga tushunib, anglab borasanki, inson faqat o'zi yoqtirgan ishlar bilan mashg'ul bo'lishi lozim.

 
Men o'zim va oilam uchun ishlab, pul topib bo'ldim. To'g'ri, bugungi kunda turli klublarda ishlayotgan hamkasblarim bilan solishtirganda bu sariq chaqa. Men 2380 evro nafaqa puli olaman, bu juda kam dersiz, lekin boshimni tik tutib, xotirjam yashayman".

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика