44 yoshli darvozabon jahon rekordini yangiladi
20 avg 13:29
Yangiliklar


44 yoshli darvozabon jahon rekordini yangiladi
Rasmiy o'yinlar soni bo'yicha jahon rekordi yangilandi.
Bugun tongda "Fluminense" Kopa Sudamerikana 1/8 finalida "Amerika de Kali"ni (2:0) mag'lub etdi.
"Fluminense" darvozaboni Fabio Lopes uchun bu o'yin faoliyatidagi 1391 bahs bo'ldi. 44 yoshli braziliyalik Piter Shilton tomonidan o'rnatilgan jahon rekordini yangiladi (inglizning o'zi 1387 o'yin sanagan, Ginnesning rekordlar kitobidagi ko'rsatkich esa 1390 ta uchrashuv).
Globo Esporte va darvozabonning hozirgi klubi bilan birgalikda o'tkazilgan hisob-kitoblarga ko'ra, Fabio "Kruzeyro"da 976 o'yin, "Fluminense"da 235 o'yin, "Vasko da Gama"da 150 o'yin va "Unian Bandeyrante"da 30 o'yin o'tkazgan.
Rasmiy o'yinlar soni bo'yicha uchinchi o'rinni "Al-Nasr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu egallaydi – 1283 o'yin.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar