Tebas: "Real" rahbariyati o'zidan qurbon yasab olib, xar hil fitna nazariyalarini tarqatmoqda"
25 fev 22:33
Yangiliklar
Tebas: "Real" rahbariyati o'zidan qurbon yasab olib, xar hil fitna nazariyalarini tarqatmoqda"
Avvalroq, "Real" murabbiyi hakamlik bilan bog'liq voqealar fonida Xaver Tebasni "juda ko'p gapirish"da ayblagandi. Xaver Tebas esa Karlo Anchelottiga javob qaytardi.
"Karlo, tashkilotlarning poziciyasini ularning rahbarlari aytgan so'z yoki qilgan ishlari aks ettiradi. "Real" noliyveradigan klubga aylandi deganda, men aynan shuni nazarda tutgandim. Ularning rahbariyati o'zidan qurbon yasab olib, xar hil fitna nazariyalarini tarqatmoqda: "musobaqa sohtalashtirilgan" , "barcha hakamlar "Real"ga qarshi" va hakazo. G'alati, to'g'rimi?
Bunday mantiq nafaqat turnirga, balki sizni maydonda mag'lub qilgan raqibga hurmatsizlik hisoblanadi. Balki ular rostdan ham sizdan yaxshiroq o'ynashgandir? "Real Madrid" aytayotgan so'zlar millionlab muxlislarni haqorat qilish sanaladi.
Men yoshligimdan madridizm bilan nafas olganman. Hozirgi "Real" rahbariyati olib borayotgan siyosat biz yoshlikda o'rgangan qadriyatlarga mutlaqo zid.
Karlo, afsuski, katta tajribangni hisobga olgan holda sendan faydalanishyapti.
"Real"ga aloqadorlikni sotib olib bo'lmaydi. Bu ichki his. Bazilar kabi bu hisni tarqatish yoki sovg'a qilib yuborishni iloji yo'q", -deb yozadi Xaver Tebas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar