So’nggi yangiliklar

14:40"Арал" ўз уйида "Олимпик"ни ишончли ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:20"Ливерпуль" собиқ футболчиси 4 марта пичоқланган. У бу ҳақда биринчи марта гапирди  0 14:09Кореядаги учрашув Танташевга ишониб топширилди  2 13:49Ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси Япониядаги баҳсда ишлайди  0 13:28"Ал Ҳилол" легионери ўзини камситилган деб ҳисоблади ва шартномани бир томонлама бекор қилди  3 13:00Энзо Мийо: "Чемпионлик унвонини ҳимоя қилиш учун катта босимга дуч келамиз"  0 12:33Ўзбекистон U-15 терма жамоаси Миллий футбол марказида йиғин ўтказади  0 12:21Шомуродовнинг собиқ клубдоши, Африка қитъасининг энг яхши футболчиси, 2021 йил дунёнинг энг яхши дарвозабони. Бугун "Насаф"га қарши кимлар ўйнайди?   19 11:55Ўзбекистон аёллар терма жамоаси 16 сентябрдан йиғинга киришади  0 11:28"Ливерпуль", "Манчестер Сити" ва "Реал" "янги Ван Дейк" учун курашади  0 10:56Суперлига. 22-турда ишловчи ҳакамлар маълум  6 10:48Рубен Аморим: "Мен ўзимни ҳимоя қилмоқчи эмасман, сизларнинг саволингиз ҳар доим бир хил"  22 10:20Пролига. Бугун тур давом эттирилади  0 09:45Лука Модрич Италия чемпионатининг 64 йиллик рекордини янгилади  1 09:17"Манчестер Юнайтед" 1992/93 йилги мавсумдан бери АПЛдаги энг ёмон стартини амалга оширди  7

Tarixda bugun: SHomurodov, SHukurov va Hamdamov "Bunyodkor" tarkibida "Paxtakor"ga qarshi Yangiliklar

Tarixda bugun: SHomurodov, SHukurov va Hamdamov "Bunyodkor" tarkibida "Paxtakor"ga qarshi

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayotgandik.

Garchi, qator chempionatlar, shu jumladan Bundesliga start olganiga qaramay ushbu loyihani hozircha to'xtatmay turamiz.

Foto Tarixda bugun: "Kaka" va betob qizaloq, hayratdagi Nuriev va g'azabdagi Abramov

Bugun Superliga yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz.

Oliy liga-2017 11-turi doirasida muxlislar Toshkent derbisi guvohi bo'lishgandi. Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi "Bunyodkor" jamoasi o'z maydonida Jasur Abduraimov ustozligidagi "Paxtakor"ni qabul qilgan. Qiziqarli o'tgan derbida Doston Hamdamovning goliga Stanislav Andreev javob qaytargan va tomonlar bir ochkodan bo'lib olishgandi.

Darvoqe, Oliy liga-2017ning yakunida "Paxtakor" 59 ochko bilan bronza meballarini o'ziniki qilgan bo'lsa, "Bunyodkor" 52 ochko bilan to'rtinchi o'rinni egallagandi.


Oliy liga-2017
11-tur
, 17.05.2017
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni, 2123 tomoshabin
"Bunyodkor" – "Paxtakor" 1:1
Hakamlar:
H.Ro'ziev (Toshkent), O.Abduvasilov (Toshkent), S.SHoyusupov (Toshkent), A.Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: A. Abdullaev (Toshkent)
O'zPFL vakili: S.Rizaev

Gollar: D.Hamdamov 11 - S.Andreev 71.

"Bunyodkor": 25.Murod Zuhurov, 2.Rustam Ashurmatov, 4.Akrom Komilov, 8.Javlon Ibrohimov, 9.SHahzodbek Nurmatov (Javohir Esonqulov, 75), 10.Eldor SHomurodov (15.Farrux Ikromov, 90+1), 17.Doston Hamdamov, 21.Dilshod Ahmadaliev, 28.Davron Umirov, 29.Otabek SHukurov, 44.Mirjamol Qosimov (19.Nurillo To'xtasinov, 61)
Zaxira: Dilshod Hamroev, Javlon Mirabdullaev, Sardor Azimov, Xurshid G'iyosov.

"Paxtakor": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Adnan Oraxovac, 5.Akbar Ismatullaev, 7.Azim Ahmedov (30.Yurica Bulyat, 80), 8.SHerzod Karimov (20.Jasur Hakimov, 65), 11.Igor Sergeev, 21.Kamoliddin Tojiev, 24.Davron Hoshimov, 27.Doston Ibragimov (Suhrob Nurullaev, 59), 28.Stanislav Andreev, 29.Vladimir Kozak
Zaxira: SHoxrux Raimov, Hojiakbar Alijonov, Jamshid Yusupov, Xushnudbek Avilov.

Ogohlantirishlar: R.Ashurmatov 58, A.Komilov 62 - K.Tojiev 45+1, A.Oraxovac 82

Uchrashuvni "Paxtakor"ning sobiq xodimlari Viktor Jalilov, Grigoriy Kolosovskiy va Grigoriy Ceytlinlar bevosita "Bunyodkor" stadionidan kuzatib borishgandi.


3 yil oldin asosiy tarkibda tushganlardan faqat Igor Sergeev va Vladimir Kozak hozir ham "Paxtakor"da.


"Bunyodkor" tarkibida esa birgina Dilshod Ahmadaliev qolgan.


Yaxshi kadr.


O'sha paytlari "Paxtakor"ning o'yinlarida Jamshid Iskandarov umuman ko'rinmay qolgandi. Uning o'rnida Vladimir Kozak harakat qilgan.


Doston Hamdamov 11-daqiqadayoq hisobni ochganidan so'ng "Bunyodkor" zaxirasidagi quvonch.


Butun uchrashuv davomida Otabek SHukurov Igor Sergeevni "qo'riqlagandi".


Aynan Sergeev bilan to'qnashuvlardan biridan so'ng SHukurov kichik jarohat olgan.

- Otabek, nechta barmoqni ko'rayapsan?


SHerzod Karimov.


Jasur Abduraimov.


Igor Sergeev.


Havo ancha issiq edi.


Mirjalol Qosimov.


"Paxtakor" muxlislari.


"Bunyodkor" muxlislari ko'targan banner.


"Boshsiz chavandoz".


Ikki Qosimov qo'l berishgan pallani uchinchi Qosimov suratga olgan lahza)


Kozak himoyaviy hududdan hujumkor hududga o'tkazilgach, o'zini yaxshiroq ko'rsatgandi.


Kamoliddin Tojiev Eldor SHomurodovga qarshi.


Akrom Komilov.


Javohir Esonqulov foydalanilmagan vaziyatdan keyin.


Yaxshi kadr.


Farruh Ikromov o'shanda zaxiradan maydonga tushirilgan va faol o'ynagandi.


Lobanov sheriklarini qo'llab-quvvatlamoqda.



Aleksandr Lobanov: “Durang adolatli bo'ldi”


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика