So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  1 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

Tarixda bugun: G'azabdagi Qosimov, 2ta penalti va hakamlar "qahramon"ga aylanib "qaldirg'och"ni yaralashgan kecha Yangiliklar

Tarixda bugun: G'azabdagi Qosimov, 2ta penalti va hakamlar "qahramon"ga aylanib "qaldirg'och"ni yaralashgan kecha

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" ruknini etiboringizga havola etib kelayapmiz.

Foto Tarixda bugun: Libosi yirtilgan Isma, havodagi posbon, so'nggi soniyalarda hujumga borgan "Navbahor" darvozaboni

Bugun Superliganing yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

Superliga-2018 8-turi doirasida muxlislar Toshkent derbisi guvohi bo'lishgandi. Mirjalol Qosimov boshchiligidagi "Bunyodkor" o'z maydonida Andrey Fyodorov bosh murabbiyligidagi "Lokomotiv"ni qabul qilgan. 19 mingdan ziyod muxlis bevosita stadiondan kuzatgan juda qiziqarli va keskin kurashlar va voqealarga boy o'tgan uchrashuvdan bir quloch ajoyib kadrlarni tarixga muxrlagandim. Quyida 2 yil oldin aynan shu sanada o'tgan o'sha bellashuvdan o'tkazib yuborish tavsiya etilmaydigan suratlarni etiboringizga havola etamiz.

"Kichkina kamera". "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvidan hissiyotli VIDEO

Darvoqe, Superliga-2018ning yakunida "Lokomotiv" chempion bo'lgan ersa, "Bunyodkor" esa to'rtinchi o'rinni band etgan. Lekin, o'sha mavsum "qaldirg'ochlar"dan 6 ochko olib tashlangan. Bunga sabab jamoada 2014 yil o'ynab ketgan ukrainalik legioner Sergey Simonenkodan qarzdorlik edi. Superliga-2018 yakuniy jadvalida Qosimov shogirdlari uchinchi o'rindagi "Navbahor"dan 4 ochko kam jamg'arishgan. Bu degani klub aslida bronza medallariga etarli ochko to'plagan, ammo tarixdagi xatolar sabab klub aziyat chekkan.

Superliga-2018
8-tur
, 26.04.2018
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni, 19450 tomoshabin
"Bunyodkor" – "Lokomotiv" 1:2
Hakamlar:
A.Risqullaev (Toshkent), R.Serazetdinov (Toshkent), A.Usmonov (Toshkent), S.Abdurahmonov (Toshkent).
Nazoratchi – B.Tog'aev (Toshkent).
Komissar – M.Saidqosimov.

Gollar: M.Toshmatov 59 - M.Bikmaev 71 (pen.), 86 (pen.)

"Bunyodkor": 25.Murodjon Zuhurov, 2.Rustamjon Ashurmatov, 4.Akramjon Komilov, 6.Anvar G'ofurov, 8.Javlon Ibrohimov (S), 11.Murodjon Toshmatov (15.Farruh Ikromov, 74), 18.Sardor Sobirxo'jaev, 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 30.Xurshid G'iyosov, 44.Mirjamol Qosimov (28.Davronbek Umirov, 57), 99.Filip Raevac (9.SHahzodbek Nurmatov, 62).
Zaxira: 32.Suhrobjon Sultonov, 3.Islomjon Qobilov, 21.Rasul Yuldoshev, 52.Hasan Yuldoshev, 62.Jahongirbek Abdusalomov, 65.Otabek Bekboev.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 10.Marat Bikmaev (4.Boburbek Yo'ldoshev, 89), 15.Sardor Mirzaev, 19.Xusniddin G'ofurov (7.Sadriddin Abdullaev, 68), 20.Islom To'xtaxo'jaev (S), 22.Sanjar SHoahmedov, 27.Sardor Rashidov (77.Diyorjon Turopov, 81), 28.SHuhrat Muhammadiev, 33.Oleg Zoteev, 88.Igor Yelich
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 18.Farhodbek Bekmurodov, 23.Idris Bikmaykin, 99.CHo Suk Jae.

Ogohlantirishlar: S.Sobirxo'jaev 56, R.Ashurmatov 70, J.Ibrohimov 85.

Uchrashuvdan oldin har ikki jamoa murabbiylari yaxshi kayfiyatda suhbatlashib turgan vaziyat.


O'sha kuni stadionda "Save Nasaf" ("Nasaf"ni saqlab qoling) deb yozilgan banner ko'tarilgandi.


Uchrashuvni "Championat.asia" sayti uchun yoritib borganlardan uch nafari - Zoir Tursunboev, Tolibjon Qosimov va SHahboz Beg'amov.


Ikki yil oldin asosiy tarkibda tushganlardan I.Nesterov, M.Bikmaev, K.Maxaradze, O.Zoteev va SH.Muhammadiev hamon "Loko"da. Ayrimlari orada boshqa klublarda ham o'ynab qaytishdi.


"Bunyodkor"da esa faqat Anvar G'ofurov qolgan.


Bu hakamlarga keyinroq yana qaytamiz, ular hali "qahramonlik" ko'rsatishadi.


Marat Bikmaev Superliga-2018da 14ta to'p kiritgandi.


G'ofurov va Bikmaevni eslab qoling. Bahs oxirida bu ikkisi qatnashgan epizod uchrashuvni ag'dar to'ntar qilib yuborgandi.


Maxaradze va Raevac to'p uchun kurashmoqda.


O'sha kuni suratdagi har ikki o'yinchi (Akrom Komilov va Sardor Rashidov) ham faol bo'lgandi.


Kadrdagi uchchala obekt ham havoda, yaxshi kadr.


Sardor Sobirxo'jaev "Bunyodkor"ning asosiy etakchilaridan biriga aylanib olgandi.


Yelich xot-dogga ketdi)


Rustam Ashurmatov.


Andrey Fyodorov.


Uchrashuv tanaffusida O'zbekiston xalq artisti Farruh Zokirov muxlislarga alo kayfiyat ulashgandi.


Murod Zuhurov o'sha kuni zo'r o'ynagandi, bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirgandi.


O'yin ahamiyatidan kelib chiqib kurashlar ham ancha keskin tus olgandi.


59-daqiqada Murod Toshmatov hisobni ochgandi.

Ignatiy Nesterov.


71-daqiqada esa to'p Rustam Ashurmatovning qo'liga tekkani bois bosh hakam unga sariq kartochka ko'rsatdi va mezbonlar darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlikni esa Marat bexato amalga oshirgandi.


Hisob tenglashgach "temiryo'lchilar" katta kuch bilan oldinga o'tishgan va ko'plab vaziyatlar yaratishgandi. Ammo, ulardan foydalanishga raqib posboni imkon bermasdi.


Muxlislar orasidagi darvozabonni tanigandirsiz.


Sadriddin Abdullaev.


O'sha uchrashuvga bag'ishlangan fotomaqolada bu rasmga shunday tagso'z yozgan ekanman: Ikkinchi penalti belgilangan vaziyat. Bu endi oshib tushdi, Bosh hakam Axrol Risqullaev va qanot hakami Alisher Usmonov "Bunyodkor" darvozasiga tushunarsiz 11 metrlik belgilab mezbonlarning belini bukib qo'yishdi.

Islom To'xtaxo'jaev: "Orqadan penalti yo'qqa o'xshadi"


Hakam bilan tortishgandan foyda yo'q edi, ular "qahramonlik" ko'rsatib bo'lishgandi. O'shanda G'ofurov Bikmaevning oldiga borib undan o'yin qoidasi buzilmaganini hakamga ayt deb yolvorgandi.

Anvar G'ofurov: "Marat Bikmaevga insof bersin"



Gol zavqi.


Hakamlarning o'sha ishidan so'ng Mirjalol Qosimov g'azab otiga mingandi.

Qosimovning g'azablangan kadrlarini alohida galereya qilib chiqargandim o'shanda.

G'azabdagi Qosimov FOTOGALEREYA

Toshkent derbisiga birgina shu rasm bilan izoh berish mumkin.


2 yil oldingi o'yin "qahramonlari".


"Bunyodkor" - "Lokomotiv". Penalti bormidi?

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика