So’nggi yangiliklar

16:35Про лига. "Қўқон-1912" - "Дўстлик"  0 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  3 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  16 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10

Taqdirlash qanday bo'ladi? Yangiliklar

Taqdirlash qanday bo'ladi?

25 dekabr kuni O'FA va PFL "Yilning eng yaxshilari"ni taqdirlash marosimini o'tkazadi.

Bu xabar ikkala tashkilotning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida yoritib borilayotganiga qaraganda, bu yil ham yil yakunlariga bag'ishlangan tadbir birgalikda tashkil etiladi. Aslida esa bunday tadbirni O'FA alohida, PFL alohida qilishi kerak. CHunki O'FA o'zi bosh-qosh bo'ladigan, PFL esa o'zi o'tkazadigan musobaqalardan kelib chiqib taqdirlashni o'tkazgani maqul. 

Bu qanday bo'ladi? 

Masalan, PFL bu yil qaysi musobaqalarni o'tkazdi? Yil boshida Superkubok, keyin Superliga, yana birma-bir sanaydigan bo'lsak, Proliga, Birinchi liga, Ayollar oliy ligasi, Ayollar birinchi ligasi, U-21 va U-18 chempionatlari, kuz oylariga kelib U-16 va U-14 chempionatlari, kuz-bahor tizimiga o'tgan futzal bo'yicha oliy liga va hokazo. 

SHunday ekan, PFL mana shu musobaqalardan kelib chiqqan holda yilning eng yaxshilarini aniqlab oladi va ularni taqdirlaydi. Natijada PFL talqiniga ko'ra, Yilning eng yaxshi futbolchisi, murabbiyi, futzalchisi, yoshlar murabbiyi, ayollar murabbiyi va futbolchisi faqat PFL bayrog'i ostida o'tkazilgan musobaqalar yakuniga ko'ra "Eng yaxshi" deb topiladi. 

Bu o'rinda PFL yana yilning yaxshi klubi, klublarda faoliyat yuritgan yilning yaxshi matbuot xizmati, eng yaxshi fan-klub, feyr-pley sovrini, PFL musobaqalarini yoritgan eng yaxshi jurnalist va boshqalarni taqdirlashi mumkin. Agar PFL va O'FA o'z marosimini alohida o'tkazsa, o'ylaymizki, bu borada tushunmovchilik yuzaga kelmaydi. 

O'FA nima qiladi? 

O'FA ham yilning eng yaxshilarini taqdirlaydi va bunda asosan barcha terma jamoalar yutuqlariga etibor qaratadi. Masalan, O'FA yilning eng yaxshi futbolchisi va murabbiyini aniqlayotganda, ularning PFL musobaqalaridagi natijasini hisobga olmagani maqul. O'FA asosan eng yaxshi bo'lishga nomzod murabbiy yoki futbolchining xalqaro maydonda qanday natija ko'rsatganiga qarab eng yaxshini taqdirlashi kerak bo'ladi. 

Masalan, O'FA nazdida yilning yaxshi murabbiyi albatta Superliga klubini boshqarayotgan mutaxassis bo'lishi shart emas. Terma jamoalarda kim qanday natija qayd etdi? Ko'proq shu savolga javoban eng kuchlilar aniqlab olinadi. Lekin bu tomonlama biroz muammolar ham yuzaga keladi. Masalan, milliy terma jamoamiz jahon chempionati saralashining 3-bosqichiga chiqa olmadi. Tabiiyki Vadim Abramov eng yaxshi bo'la olmaydi. 

Yoki bo'lmasa qizlarimiz Osiyo chempionatidan quruq qolishdi, demak Bahrom Norsafarovning ham eng yaxshi murabbiy bo'lish uchun imkoniyati yo'q hisob. Nomzodlardan yana kim bor? Futzal terma jamoamiz bosh murabbiyi Bahodir Ahmedov bilan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi ustozi Timur Kapadze. Bahodir Ahmedov boshchiligidagi futzalchilarimiz jahon chempionatida ijobiy natija qayd eta olishdi. Timur Kapadze esa garchi Osiyo chempionati mezboni bo'lsak-da, saralashda ijobiy natija ko'rsatdi. Demak, katta ehtimol bilan shu ikki murabbiydan biri O'zbekistonda yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lishi mumkin. 

O'FA yana kimlarni taqdirlaydi? Masalan, eng yaxshi futbol faxriysi, O'FA bayrog'i ostida o'tgan bolalar musobaqalarida o'zini ko'rsatgan eng yaxshi bolalar murabbiyi, eng yaxshi hakam (zero, eng yaxshi hakamni PFL aniqlashi g'alati tuyuladi), eng yaxshi futbolchi (bunda ham xalqaro maydondagi o'yinlar birlamchi hisoblanadi), eng yaxshi futzalchi (PFL musobaqalarida o'zini ko'rsatgan emas, balki jahon chempionatida eng yaxshi o'yin namoyish etgan), eng yaxshi ayol futbolchi (bunda ham xalqaro o'yinlarga etibor qaratiladi), O'FA musobaqalarini eng yaxshi yoritgan OAV xodimi yoki OAV nashri, eng yaxshi hududiy associaciya (bu endi to'liq O'FAniki, chunki hududiy associaciyalar bilan PFL emas, O'FA ishlaydi), xalqaro maydonlardagi eng chiroyli gol muallifi va hokazo. 

Hozir qanday bo'lyapti? 

Bu yilgi taqdirlash qay tartibda o'tishidan hozircha xabarimiz yo'q. Lekin qiziq tomoni shundaki, PFL telegram kanalida nomzodlar birin-ketin berib borilyapti va eng qizig'i, O'FA kanalida ham shu nomzodlar chiqyapti. Masalan, futzal murabbiylari va futzalchilar bir xil. Bu esa bu yilgi taqdirlash ham biroz tushunarsiz bo'ladi degan gumonni keltirib chiqaryapti. Har holda har ikki tashkilot o'z nomzodlarini alohida-alohida taqdirlasa yaxshi emasmi?

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика