So’nggi yangiliklar

01:16ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони ўз майдонида Японияга мағлуб бўлди  1 00:55Жалолиддин Машарипов: "Мухлис билан урушмадим, аксинча, бизни қўллаб-қувватланглар дедим"  3 00:38Пенальти тўғри бекор қилиндими? Ўзбекистон - Эрон учрашуви ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 00:08Амир Ғаленои: "Бир киши кам бўлиб ҳам иккита пенальти ишладик, ҳакамлар ВАР орқали ҳам хатолар қилишмоқда"  16 23:42Владо Радманович: "Бир очко ҳам яхши натижа, фалокат ясаш керак эмас"  52 23:17ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия 90+9-дақиқада гол ўтказиб юбориб, учинчи ўйинда ҳам дуранг ўйнади  11 23:07ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйин якунланди  30 22:54Миллатлар лигаси. Италия, Франция, Англия ва бошқа термаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:14ЖЧ-2026 саралаши. Саудия Арабистони - Япония. Асосий таркиблар маълум!  27 21:20БААга қарши ўйин олдидан термамизда жиддий йўқотиш  109 21:20ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - Эрон 0:0  46 21:04ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб қолган Эрон билан дуранг ўйнади  697 20:55ЖЧ-2026 саралаши. Жанубий Корея Амманда ишончли ғалаба қайд этди  3 20:30ЖЧ-2026 саралаши. Гуруҳимиздаги икки ўйиннинг асосий таркиблари маълум!  6 19:30Рауль мавсум охирида "Кастилья"дан кетади  0

Tanaffusdan oldingi janglar: A Seriya 23-tur yakunlari Yangiliklar

Tanaffusdan oldingi janglar: A Seriya 23-tur yakunlari

Italiya chempionatining navbatdagi turi ko'plab qiziqarli bahslarga boy bo'ldi.

"INTER" BU SAFAR "VENECIYA"NI ENGDI

"Inter" uchrashuvni ancha faol boshladi va ilk xavfli vaziyat milanliklar ijrosida bo'ldi. Jeko Barellaning uzatmasidan keyin yaxshi zarba berdi, biroq shu bilan mezbonlarning faolligi qaergadir yo'qolib qoldi. "Veneciya" esa aksincha, nomdor raqibdan cho'chimasdan, olg'a intildi. Qarshi hujumlarning birida Ampadu qanotdan ajoyib tarzda to'pni oshirdi, Anri esa boshi bilan to'pni raqib darvozasiga joylab qo'ydi. SHundan so'ng, "Inter" o'ziga keldi va tanaffusgacha hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi. 40-daqiqada Nikolo Barella raqib darvozasini ishg'ol qildi.

Ikkinchi bo'limdagi ilk vaziyat Indzagi shogirdlari tomonidan yaratildi, lekin Jekoning chamasi ikki metrlardan bergan zarbasi yo'liga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. SHu o'rinda, “Veneciya” ham o'z imkoniyatlariga ega bo'lgani va jamoa tarkibida ayniqsa Ampadu astoydil kurash olib borganini qayd etish zarur. “Inter” esa salohiyatining yarmini ham ko'rsatolmasdi. Xavfli vaziyatlar juda kam edi. Bir qarashda barchasi amaldagi chempionning ochko yo'qotishiga qarab ketardi. “Qora-ko'klar“ning baxtiga o'yinchi alishtirish yordamga keldi. Dyumfrisning ajoyib uzatmasidan keyin Jeko havodagi kurashda ustun keldi va golsiz seriyasiga barham berdi. Tablodagi hisob boshqa o'zgarmadi va “Inter” tanaffusga yakka etakchi sifatida yo'l oldi. “Veneciya”ga esa ko'rsatgan xarakteri va kurashi uchun qarsak chalsa arziydi.


“ROMA” SAFARDA “EMPOLI”NI TASLIM ETDI 

Har ikki jamoa bir necha kun avval Italiya Kubogi doirasidagi o'yinda maydonga tushgandi. Qizig'i, har ikki bahsda ham g'olib nomini aniqlash uchun qo'shimcha bo'limlar zarur bo'ldi. Mezbon bo'lgani uchunmi yoki boshqa sabab bormi, bellashuvdagi ilk vaziyatni aynan “Empoli” vakillari yuzaga keltirishdi. Pinamonti boshi bilan yaxshi zarba yo'lladi. Javob hujumida esa Oliveyra Abraxamga uzatmani amalga oshirdi, Temmi esa to'pni o'ziga o'nglab, ikkinchi urinishda darvozani ishg'ol qildi. Ko'p o'tmay, angliyalik futbolchi burchak zarbasidan keyin hammadan chaqqonroq harakat qildi va yaqin masofadan to'pni darvozaga yo'lladi. “Roma” esa to'xtash niyatida emasdi. O'ng qanotdan rivojlantirilgan hujumni Oliveyra uncha kuchli bo'lmasa-da, aniq zarbasi bilan yakunladi hamda assist va muvaffaqiyatli burchak zarbasiga gol ham qo'shib qo'ydi. “Bo'rilar”ning navbatdi hamlasida Mxitaryan faollik ko'rsatdi. Abraxamning uzatmasidan keyin Genrix oldinga o'tib bordi va jarima maydonchasiga etib kelgan Zanolo chap oyoqda to'pni darvozaga aniq yo'lladi. 4 daqiqada 3ta gol urgan “Roma” “Empoli” futbolchilarini “nokdaun” holatiga tushirib qo'ydi.

Nega nokaut emas deysizmi? Sababi, tanaffusdan keyin mezbonlar o'zlariga kela olishdi va ikki bor Patrisiuni xafa qilishdi. Pinamonta va Nedim Bayrami hisobiga bittadan gol yozdirib qo'yishdi. SHu pallada bazilar rimliklarning yaqinda “Yuventus”ga qarshi bo'lgan o'yinini yodga olishdi. Biroq mehmonlar vaqtida o'zlariga kela olishdi va himoyada boshqa qo'pol xatoga yo'l qo'yishmadi. Uch nafar futbolchini alishtirgan Mour bu safar SHomurodovni o'yinga tushirmaslikka qaror qildi.



"NAPOLI" "SALERNITANA" DARVOZASIGA TO'RTTA GOL URDI 

Neapolliklar ilk daqiqalardan kim bu to'qnashuvda ustunligini ko'rsata boshlashdi. Avvaliga Elmas uzoq masofadan yaxshi zarba yo'lladi, lekin niyatiga eta olmadi. Navbatdagi hujumda aynan “Napoli” hisobni ochdi. Standart vaziyatda raqib jarima maydonchasiga etib kelgan Juan tala-to'pda darvozani ishg'ol qildi. Hisobda oldinga chiqib olgan “Napoli” bo'shashdi, “Salernitana” esa o'ziga kelib, raqib himoyasini bezovta qila boshladi. Natijada, Bonaccoli qanotdan uzatilgan to'pni birgina urinish bilan darvozaga joylab qo'ydi. Bu esa “Napoli”ni “qayta uyg'onishi”ga sabab bo'ldi va tanaffusgacha ikkinchi golni ura oldi. Birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Mertens o'zi ishlagan penaltidan unumli foydalandi.

Tanaffusdan keyin Insine o'yinga qo'shildi. Aynan uning maydonga tushishi “Napoli” o'yiniga ijobiy tasir qildi. Aynan Lorensoning uzatmasidan keyin Rraxmani boshi bilan to'pni darvozaga yo'lladi. Ko'p o'tmay, “Napoli” sardori jarima maydonchasida yiqitildi. Futbolchi o'zi nuqtaga yaqinlashdi va imkoniyatdan unumli foydalanib, afsonaviy Diego Maradona bilan tenglashib oldi. Aynan shu gol amalda o'yin g'olibi nomini aniq qilib qo'ydi va intrigani yo'qqa chiqardi. SHunga qaramay, “Napoli” hujum qilishda davom etdi. Ayniqsa Osimxen faolligi bilan ajralib turdi. Biroq qanchalik istamasin, shu kecha gol urish unga nasib qilmadi. Hujumda hech nima qila olmagan “Salernitana” esa chempionatning eng kuchsiz jamoasi bo'lib qolmoqda. Jamoa A Seriyadagi o'rnini saqlab qolishi mushkul bo'ladi.


"TORINO" VA "SASSUOLO" DURANG O'YNASHDI

"Buqalar" o'yinni faol boshlashdi. Avvaliga Sanabriyaning tepgan to'pi darvoza tepasidan o'tib ketdi. Keyinroq esa Singo qanotda havodan pas berdi, jarima maydonchasi markazida Sanabriya to'pni qabul qilib oldi va boshi bilan gol urdi. "Torino" bosim o'tkazishda davom etdi. "Sassuolo" esa hujum qilishga unchalik harakat qilmadi. Milinkovich-Savich darvozasi yonida xavfli vaziyatlar deyarli bo'lmadi.

Tanaffusdan so'ng, Sanabriya dubl qayd etishga ancha yaqin edi, biroq uning zarbasini darvoza to'sini qabul qilib oldi. Umuman olganda, bu bahsda darvoza to'sini "Sassuolo"ning yaqin do'sti bo'ldi desak, mubolag'a bo'lmaydi. Oradan bir necha daqiqa o'tib, Bremerning boshi bilan bergan zarbasi ham darvoza to'siniga tegdi. SHundan so'ng, "neroverdi" xavfli vaziyatlar yarata boshladi. Uchrashuv so'ngiga yaqin Berrardi sherigiga pas berdi, Raspadori esa bir zarba bilan gol urdi. Natijada o'yin durang bilan yakunlandi.


"KALYARI" VA "FIORENTINA" MUROSA YO'LINI TANLASHDI

"Fiorentina" yaxshi kayfiyat bilan maydonga tushdi. "Fialkalar" 8-daqiqadayoq penalti tepish huquqini qo'lga kiritishdi. Lekin Biragi imkoniyatdan foydalana olmadi, Radunovich oyog'i bilan to'pni qaytardi. "Kalyari"da qulay vaziyat yuzaga kelgandi, biroq Juan Pedroning zarbasi shtangaga borib tegdi.

Ammo Pedro tanaffusdan keyin 47-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Gaston Pereyroning burchakdan bergan pasini u hammadan baland sakrab, darvozaga joylab qo'ydi. "Kalyari" hujum chizig'ining etakchisi 1tadan ko'p gol urishga yaqin edi. "Orolliklar" penalti tepish huquqini qo'lga kiritdilar, to'p yoniga Pedro keldi. Biroq unga berilgan imkoniyatdan foydalana olmadi. "Fiorentina" bir kishi kam bo'lib o'ynayotganidpn vahimaga tushib qolgandi. Ammo zaxiradan maydonga tushgan Sottil ajoyib o'yin namoyish etdi. U epchillik bilan 75-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Qolgan vaqt mobaynida "Kalyari" g'alaba qozonishga urindi, lekin "fialkalar" bunga yo'l qo'yishmadi.


Sergey Rumyancev

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика