So’nggi yangiliklar

03:21А Серия. "Рома" Фабрегас жамоасини таслим қилди  0 03:11АПЛ. МЮ уч марта ҳисобда олдинга чиқиб олди, аммо барибир ғалаба қозона олмади  2 01:50Собиқ ҳакам Фернандес Винисиуснинг "Алавес" жарима майдончасида йиқилиши ҳақида: "Яққол пенальти"  2 00:43Рустам Ашурматов дисквалификация сабаб кейинги турни ўтказиб юборади  0 00:25"Манчестер Юнайтед" - "Борнмут". Асосий таркиблар эълон қилинди  13 23:34Гехи – "Ман Сити"нинг ҳимоядаги асосий трансфер мақсади  1 22:40"Реал"да Алонсонинг хато қилишга ҳаққи йўқ. Клуб мураббийни натижалар имкон бергунича олиб қолмоқчи, бироқ лойиҳа борасида шубҳалар мавжуд  2 22:07Отабек Шукуров: "Бош мураббий Европадан 2-3 нафар ошпаз олиб келди, ош ёки шунга ўхшаш таомлар камайтирилган"  7 21:27Перес "Алавес" билан ўйиндаги VAR ҳаками ҳақида: "У Кубок финали арафасида "Реал"га қарши чора кўриш билан таҳдид қилганди. Мана энди ..."  13 20:4641 ёшли Тиаго Силва Европага қайтишга тайёр  2 20:22Эрон чемпионати. "Хайбар" ва "Истиқлол" муроса кўчасини танлади, Ашурматов тўлиқ ўйнади  1 19:46Жоау Канселу самолётда уни телефонга олаётган йўловчига ташланди  2 19:20"Сандерленд" ўз стадиони таблосига "Ньюкасл" гербини жойлаштиришдан бош тортди – дерби тарихига назар  2 19:08"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди  28 18:46"Аякс" "Арсенал" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзоламоқда — Here We Go!  0

Tahlil. Qosimovning "Paxtakor"ga qarshi o'ziga hos bo'lmagan quroli ish berdi Yangiliklar

Tahlil. Qosimovning "Paxtakor"ga qarshi o'ziga hos bo'lmagan quroli ish berdi

Superliga 2-turi doirasida o'tkazilgan OKMK - "Paxtakor" uchrashuvi haqida.

Kayfiyatsiz "sherlar" 

"Paxtakor" bu uchrashuvga og'ir ruhiy kayfiyatda etib keldi, xususan Elit OCHL javob uchrashuvida Ar-Riyodda mehmon bo'lgan jamoa ortga 0:4 hisobidagi mag'lubiyat bilan qaytdi. "Al Hilol" Toshkentdagi o'yindan farqli ravishda yuz uyda o'zini suvdagi akula singari tutdi va raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirgani yo'q. Birinchi uchrashuvdagi 1:0 g'alabasi 0:4 fonida zarracha foyda keltirmadi. "Paxtakor" "Al Hilol" bilan 12 mart kuni o'ynadi, OKMKga qarshi uchrashuv 16 mart kuniga qo'yilgandi. Ko'rinib turdiki futbolchilar hali o'sha mag'lubiyat taftini unutishmagan, jismoniy tomondan tiklanib ulgurishmagandi. "Konchilar" 7 mart kuni "Buxoro"ga qarshi o'yindan so'ng bu bahsga etarlicha hozirlik ko'ra olishdi. Bunday sharoitda rotaciyalar yordamga keladi, Morreyra shu kuni Riaskosni ikkinchi bo'limga olib qo'ydi va Sergeevni asosiy tarkibda tushirdi. Lekin olmaliqlik himoyachilar raqibning individual sifatli ijrochilarini maydonda erta qarshi olishlari, ularga markazdayoq qarshilik boshlashi natijasida to'p Sergeevgacha etib kelmadi. "Paxtakor" birinchi bo'limda mezbonlar darvozasi oldida keskinlik yarata olmadi. Ikkinchi bo'limda ham OKMK mudofaa chizig'i vakillari ajoyib o'yin ko'rsatdi. Tanaffusdan foydalanib jamoa tiklanib olishi kerak bo'ladi. 

Taktik o'yin yoxud Qosimovga besh baho

Mirjalol Qosimov "Buxoro" bilan o'yindan farqli taktika va tarkibda o'zgarishlarga qo'l urdi. Murabbiy "Paxtakor"ga qarshi 3 markaziy himoyachi taktikasidan foydalandi. Markaziy himoyada Rahmonov, To'xtaxo'jaev juftligi O'lmasaliev bilan trioga aylandi, nisbatan himoyaga ixtisoslashgan va qora ishni bajaradigan Papava tayanch yarim himoyada Rustamov bilan joy oldi. Orqa mustahkamlandi. Buni raqibdan kelib chiqib tanlangan taktika deyish mutlaqo to'g'ri bo'ladi. Bu bilan "Paxtakor"ning individual kuchli ijrochilari Flamarion, Alijonov, Adhamzoda to'liq zararsizlantirildi. Yani OKMK butun 90 daqiqa himoyalanmadi, balki zichroq harakat qildi. Bu Mirjalol Qosimov jamoasiga xos bo'lmagan uslub va taktika, lekin raqibning kuchli jihatlarini yopishga qaratilgan quroldir. Yani mutaxassis jamoasida har doim bu uslubdan foydalanmaydi, faqat payti kelganida o'zgartiradi. 

"Bahsni uch nafar markaziy himoyachi bilan boshlashimizni raqib kutmagan edi, nazarimda",- deydi Mirjalol Qosimov

Sehrli tayoqcha

Futbolda 1:0 hisobini to'liq g'alaba deb bo'lmaydi. Istalgan ayniqsa oxirgi daqiqalarda kichik etiborsizlik ham hisobni tenglashishiga olib keladi. Qosimov esa 83-daqiqada Ajak Riak o'rniga Ali Abdurahmonovni tushirdi. U esa xuddi "Buxoro" bilan o'yinda bo'lgani kabi so'nggi daqiqalarni gol bilan bezadi. Bir paytlar Mirjalol Qosimov "Bunyodkor"ni boshqargan vaqtida Alibobo Rahmatullaevdan o'yinning yakunida foydalanardi. Ali Abdurahmonov ham borgan sari shu vazifani bajaruvchi roliga o'tsa ajablanmayman. Yoshlardan Nodirbek Abdurazzoqov ham o'zini ko'rsatishni boshlab yubordi. 

Keyingi tur uchrashuvlari

OKMK FIFA kunlariga yuz foizlik natija bilan yo'l oldi. Endilikda jamoa 28 mart kuni safarda "Qizilqum", keyin 5 aprel sanasida Olmaliqda Vadim Abramov boshchiligidagi "Dinamo", 9 aprel O'zbekiston kubogida yana "Paxtakor", 12 aprel kuni katta ishtiyoq bilan Superligaga qaytgan "Xorazm" bilan uchrashuvlar kutib turibdi. O'ta kuchli ham, o'ta kuchsiz ham emas.  "Paxtakor"ning taqvimi nisbatan zich. 29 mart uyda "Dinamo", 2 aprel uyda 1-tur qoldirilgan o'yinida "Mashal", 6 aprel Jizzaxda "So'g'diyona", 9 aprel mamlakat kubogida OKMK bilan o'yinlari bor. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика